Suriya poytaxti Damaşqda hokimiyatdan ağdarilgan yetakçi Başar Asadning ukasi Mohir Asadning yozgi qarorgohi ostidan seyflar va zirhli xonalar joylaşgan tunnellar topildi, deb xabar berdi Anadolu.

Mohir Asad Suriya armiyasining elita bölinmasi bölgan 4-zirhli diviziya qömondoni edi. Uning yozgi qarorgohi Damaşq-Bayrut avtomagistrali yaqinida, poytaxtga qaragan tepalikda joylaşgan. Uç qavatli bino baland devorlar bilan öralgan va keng hovlida vertolyot maydonçasi bor.

Turar joyning birinçi qavatida avtoturargoh va konferensiya zali, yertölada esa tunnellar tarmoğiga olib boradigan zirhli eşik bor.

Eşikni oçib, 22 ta zinapoyadan pastga tuşilsa, dam oliş xonasiga kiriş mumkin. Yana 130 ta zinapoyadan tuşgandan söng tunnellar tarmoğiga kiriş mumkin. E’tiborlisi, elektr simlari, ventilyatsiya, yotoq xonalari, oşxona va hammom bilan jihozlangan tunnellar zirhli eşiklar bilan himoyalangan. Asosiy tunneldagi ba’zi xonalarda böş seyflar va haşamatli soatlar qöyiladigan javonlar topilgan. Tunnellarda hali oçilmagan ikkita zirhli eşik bor, uning ortida nima borligi hali noma’lum.

Taxminan 3 kilometr uzunlikdagi tunnellarning bir tarmoği ağdarilgan tuzum armiyasining 4-zirhli diviziyasi umumiy ştabiga olib boradi. Suriya-Livan avtomagistrali yönalişida tunnellarga transport vositalarining kiriş joyi ham körinadi.

Qarorgohdagi qöriqçilardan biri Fayz Muhammad sözlariga köra, Mohir Asad qarorgohdan ofis va dam oliş maskani sifatida foydalangan.