6 mart kuni şimol va çöl zonasida, 7–8 mart kunlari Özbekistonning qolgan hududlarida şamol tezligi 17–22 metr/soniyagaça kuçayişi kutilmoqda, deb xabar beradi «Özgidromet». Navoiy va Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida şamol tezligi 25–30 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin.
7 mart va 8 martga ötar keçasi butun mamlakat böylab yomğir yoğadi. Toğoldi va toğli hududlarda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi, ayrim joylarda kuçli böladi.
Harorat kunduzi +7…+10 darajagaça pasayadi.
Bundan oldinroq 6–11 mart kunlari kutilayotgan yoğingarçilik hamda havo haroratining özgarişlari sababli Qaşqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Toşkent va Namangan viloyati hududlarida qor köçiş xavfi haqida e’lon qilingandi.
6 mart kuni uçun ob-havo ma’lumoti:
Toşkent şahrida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat keçasi +1...+3 daraja, kunduzi +15...+17 daraja böladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi –2...+3 daraja, kunduzi +5...+10 daraja; Ustyurtda keçasi –8...–13 daraja, kunduzi 0...+5 daraja böladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17–22 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi 0...+5 daraja, kunduzi +15...+20 daraja; Navoiy viloyati şimolida +5...+10 daraja böladi.
Toşkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi 0...+5 daraja, kunduzi +12...+17 daraja böladi.
Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi +1...+6 daraja, kunduzi +15...+20 daraja böladi.












