Çiqindilarni boşqariş agentligi olib çiqib ketiladigan qattiq maişiy çiqindilarning miqdori çeklangani haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 fevraldagi “Çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlaş töğrisida”gi 95-son qaroriga muvofiq çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş sohasida xizmat körsatişga ixtisoslaşgan taşkilotlar tomonidan qattiq va suyuq maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş böyiça xizmatlar körsatiş tartibi belgilangan.
Mazkur qaror (1-ilova)ga köra “qattiq va suyuq maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqib ketiş böyiça xizmatlar körsatiş” qoidalari tasdiqlangan.
Qoidaga binoan sanitar tozalaş korxonalari tomonidan abonentlarga qattiq maişiy çiqindilar, ya’ni jismoniy şaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik şaxslarning faoliyati natijasida hosil böluvçi organik va noorganik çiqindilarni olib çiqib ketiş xizmatlari körsatiladi. Ularning tarkibiga quyidagi: hududda va obodonlaştiriş obektlaridagi tabiiy jarayonlar natijasida hosil böluvçi (oziq-ovqat, ösimlik, yoğoç, şişa, rezina, qoğoz, plastmassa, töqimaçilik mahsulotlari, öraş-joylaş (qadoqlaş) materiallari, özining foydalaniş xususiyatini yöqotgan uy-rözğor buyumlari), supurindi şuningdek, (qattiq yonilğida işlovçi maişiy peçkalar va isitiş buğqozonlaridan foydalaniş natijasida hosil böluvçi) çiqindilar kiradi.
Çiqindilarni boşqariş agentligi olib çiqib ketiladigan qattiq maişiy çiqindilarning miqdori çeklanmagan bölib, xizmat sifatiga hududlarga xizmat körsatişda biriktirilgan sanitar tozalaş korxonalari mas’ul ekanini ma’lum qildi.
Şuningdek, qattiq maişiy çiqindilarni olib çiqib ketişning minimal davriyligi köp qavatli uylar yonidagi çiqindi töplaş şoxobçalaridan — bir kunda bir marta hamda yakka tartibdagi turar joy sektori ya’ni mahallalardan “signal” usulida — uç kunda bir martani taşkil qiladi.
«Ta’kidlaş joizki, qattiq maişiy çiqindilarni olib çiqib ketiş jadvali fuqarolarning özini özi boşqariş organlari bilan kelişilgan holda belgilanadi. Bunda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq maişiy çiqindilarni saqlaşning çeklangan muddati ötib ketmasligi lozimligiga ahamiyat qaratiladi.
Qattiq maişiy çiqindi tarkibiga kirmaydigan quyidagi: suyuq va yirik gabaritli maişiy, çorvaçilik, quriliş, tuproq, daraxt va butalarni kesiş hamda agrotexnik işlov berişdan hosil böladigan (daraxt va buta şox-şabbalari, barglar, kesiş işlari qoldiqlari) va smyot (yöl qoplamalari yemiriliş va yediriliş mahsuli) kabi çiqindilarni olib çiqib ketiş xizmat körsatuvçi taşkilotlar tomonidan kelişilgan narxlarda alohida tölov evaziga amalga oşirilişi belgilangan.















