2024 yilning 6 oyi davomida çiqindi xizmatlari böyiça 48 mlrd. söm miqdoridagi debitor qarzdorlikni qisqartirişga erişildi. Bu haqda AOKAda Sanitar tozalaş işlarini taşkil etiş respublika markazi axborot xizmati rahbari Dilnoza Komilova iştirokida ötkazilgan brifingda ma’lum qilindi. 

2024 yil 1 apreldan boşlab qattiq maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqiş xizmatlari uçun mavjud qarzdorlik bartaraf etilganidan keyin notarial harakatni amalga oşiriş va SMS xabarnoma yuboriş tizimlari yölga qöyildi.

Yarim yillik hisobida respublikada mavjud 9 442 ta mahalladan 9 319 tasi, ya’ni (86 foizi), 36,8 mln nafar istiqomat qiluvçi aholining esa 26,5 mln nafari, ya’ni (62 foizi) qamrab olindi. Xizmat körsatiladigan aholi soni 204 ming nafarga oşdi. Abonentlar soni esa 7 mln. 109 mingdan ortdi.

Sanitar tozalaş korxonalari tasarrufidagi mavjud jami 4 194 ta avtotransport vositalaridan 3 450 tasiga ya’ni 82,5 foiziga GPS qurilmalari örnatildi.