Qayd etilişiça, sakkizta bank, xususan, Sanoat banki va Suriya tijorat bankiga nisbatan sanksiyalar bekor qilingan. Al Furat, Deir Ez-Zur, Mahrukat, Ebla, General Petroleum Corporation (GPC), Overseas Petroleum Trading, Syria Trading Oil Company (Sytrol) kabi neft kompaniyalari «qora röyxat»dan çiqarib taşlandi.
Bundan taşqari, Syrian Arab Airlines aviakompaniyasi va boşqa kompaniyalarga qöllangan sanksiyalar ham bekor qilindi. Britaniya Moliya vazirligiga köra, endi uşbu taşkilotlarning aktivlari muzlatilmaydi.
13 fevral kuni Buyuk Britaniya hukumati Suriyada hokimiyat almaşgani munosabati bilan uşbu mamlakatga nisbatan sanksiyalarini yumşatmoqçi ekani ma’lum bölgandi. 2024 yil dekabrda hokimiyatdan ağdarilgan Başar Asad rejimi a’zolariga nisbatan joriy etilgan çeklovlar öz kuçida qoladi.
Dekabr oxirlarida Turkiya taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan Suriyaning qayta tiklanişiga yordam körsatiş uçun xalqaro hamjamiyatni undan sanksiyalarni olib taşlaşga çaqirgandi. «Oldingi rejimga qarşi joriy etilgan sanksiyalar imkon qadar tezroq olib taşlanişi kerak», — degan Fidan Suriyaning yangi rahbari Ahmad al-Şar’a bilan ötkazilgan matbuot anjumanida.
2025 yil yanvar oyi oxirida Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas Suriyaga qarşi sanksiyalar rejimining kelajakda yumşatilişini izohlar ekan, Damaşqdagi yangi hokimiyat «notöğri qadamlar qöysa» Yevropa Ittifoqi tomonidan çeklovlar yangilanişi mumkinligini ta’kidlagan edi. Şu bilan birga, u Damaşqdagi Yevropa Ittifoqi vakolatxonasi işining qayta tiklanişi mumkinligini e’lon qilgandi.









