Buxoro viloyatida sayyohlarga zarur infratuzilmani yaratiş maqsadida mehmonxonalar soni 607 taga, sayyohlarga xizmat körsatuvçi turistik korxona soni esa 186 taga yetkazildi. Bu haqda viloyat hokimi Botir Zaripov iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Qayd etilişiça, viloyatda turistlar taşrif buyurişi mumkin bölgan tarixiy ahamiyatga ega inşootlar soni 300 tadan oşgan. Şuningdek, 2024 yil noyabrda «Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi» doirasida Vobkentda «Şirin» turizm qişloği va Ğijduvonda «Qörğon» turizm mahallasi maqomini olgan. Ta’kidlanişiça, hozirda Buxoro viloyatining töqqizta tumanidagi 11 ta hududda «turizm qişloği» taşkil etilişi böyiça amaliy sa’y-harakat olib borilmoqda.
Matbuot anjumani davomida keltirilgan ma’lumotlarga köra, quriliş-bunyodkorlik sohasida 2024 yilda Buxoro viloyatida ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturi doirasida umumiy qiymati 991,3 milliard söm mablağ evaziga 137 ta obektni yangidan quriş, rekonstruksiya qiliş va mukammal ta’mirlaş işlari bajarilgan.
Şuningdek, ötgan yilda viloyatda aholining uy-joyga bölgan talabini qondiriş maqsadida 127 ta, jami 6010 ta xonadonli köp qavatli uy-joy zamonaviy andozalar asosida qurib foydalanişga topşirilgan.
Iqtisodiyot sohasida yalpi hududiy mahsulot hajmi 2024 yil yakuni bilan 71,6 trillion sömga yetkazilib, bu körsatkiç 2023 yilga nisbatan 106,6 foizga oşişiga erişilgan. Aholi bandligini ta’minlaş dasturlari doirasida 2024 yilda jami 236 ming nafar aholining bandligi ta’minlangan.

















