Özbekistonning katta qismi dam oliş kunlari iliq va quruq böladi. Bu haqda Özgidromet xabar qildi.
8 mart kuni Özbekiston hududining katta qismida yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda, faqat Toşkent viloyati va Farğona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida biroz yomğir yoğişi mumkin.
9–10 mart kunlari respublikaning barça hududlarida quruq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kunduz kunlari +13…+18 darajagaça kötariladi.
Respublikaning toğli hududlarida vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik (yomğir, qor) kuzatiladi, 7–8 mart kunlari ba’zi joylarda kuçli böladi. Qor köçişi xavfi bor.
Toşkentda 7 mart kunduzi vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, keçga tomon qisqa muddatga yomğir qorga aylanişi ehtimoli bor. Harorat ertalab +6…+8 daraja atrofida böladi, keçga tomon +3…+5 darajagaça pasayadi. Şamol tezligi 12–15 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin.
8 martda kunning birinçi yarmida biroz yomğir yoğişi mumkin. Harorat +10…+12 daraja böladi.
9–10 mart kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçalari +3...+6 daraja böladi, kunduz kunlari +14...+17 darajagaça kötariladi.












