Ukraina Buyuk Britaniyadan Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tuşgan daromad bilan ta’minlangan birinçi tranşni qabul qilib oldi. Bu haqda mamlakat boş vaziri Denis Şmigal ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, Extraordinary Revenue Acceleration for Ukraine (ERA) dasturi doirasida Kiyevga 752 million yevro (qariyb 971 million dollar) ötkazilgan.
Şmigal mablağlar Ukraina mudofaa qobiliyatini mustahkamlaşga yönaltirilişini ma’lum qilib, «Rossiya pullarini Ukraina uçun işlaşga majbur qiladigan mexanizm» uçun «katta yettilik»dagi şeriklariga minnatdorçilik bildirdi.
Boş vazir Kiyev Rossiyaning barça suveren aktivlari kelajakda musodara qilinib, Ukraina foydasi uçun berilişiga umid qilişini qöşimça qildi.
G7 davlatlari Rossiya Markaziy bankining Ğarbda muzlatilgan mablağlarini foydalanişdan keladigan daromaddan Ukrainaga 50 milliard dollar kredit ajratişga kelişib olgan. Rossiyaning muzlatilgan mablağlarining aksariyati (umumiy summa 260 milliard yevrodan oşadi) Belgiyaning Euroclear depozitariylarida saqlanadi. Ğarb davlatlari uşbu mablağlardan foydalaniş masalasini bir neça bor muhokama qilgan, ammo yakunda yuridik jihatdan aktivlarning özini musodara qiliş mumkin emas, degan xulosaga kelgan.
2024 yil dekabr oyida Ukraina AQŞdan Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini foydalanişdan kelib tuşgan daromadlar hisobidan birinçi milliard dollarni qabul qilgandi. Rejaga köra, Vaşington Kiyevga 50 milliard dollarning 20 milliardini taqdim etişi kerak.












