Misr O‘zbekistonda farmatsevtika sohasida qo‘shma loyihani amalga oshiradi
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Toshkent viloyatidagi Magnit Grand Farma dori-darmon kompaniyasi vakillaridan iborat ishchi guruhning Misrga amaliy safari tashkil etildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Misrdagi yirik Minafarm biofarmatsevtika sohasidagi kompaniyasining yuqori sifatli, arzon dori mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishib, uning mavjud imkoniyatlari va salohiyatini o‘rgandi.
Kompaniya rahbariyati bilan o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
O‘zaro kelishuvga ko‘ra, mazkur hamkorlikning birinchi bosqichida Misr kompaniyasi mutaxassislarining O‘zbekiston farmatsevtika bozorini o‘rganish, tahlil qilish va tegishli loyihani tayyorlash maqsadida mamlakatga safari uyushtiriladi.
Shuningdek, safar davomida Toshkent viloyati "Parkent" erkin iqtisodiy zonasi hududida dori vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun mahalliy ishchilarni yollash va ularning kasbiy malakasini oshirish ishlari tashkil qilinadi.
Keyingi bosqichda esa Misr kompaniyasi tomonidan sohaga oid ilg‘or texnologiyalarni taqdim etish, distribyutorlik markazi ochish, ishlab chiqarilgan dori vositalarini mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazish, mahalliylashtirish, ishlab chiqarish va xorijga eksport qilish bilan bog‘liq vazifalar rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

14:53
Misr O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytiradi

18:08 / 27.03.2025
Misrda ichida sayyohlar bo‘lgan batiskaf cho‘kib ketdi. Olti kishi halok bo‘ldi

12:11 / 27.03.2025
Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi

12:27 / 26.03.2025