Rossiyaning eng yirik yuk taşiş kompaniyalaridan biri «Sovkomflot»ning 2024 yildagi sof foydasi 2023 yildagi (943 million dollar, 870 million yevro) körsatkiçlariga nisbatan 2,2 baravar kamayib, 424 million dollarni (391 million yevro) taşkil etdi. Bu haqda 7 mart, juma kuni e’lon qilingan yil yakunlari böyiça konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotda aytiladi.

EBITDA körsatkiçi (soliqlar va boşqa xarajatlardan oldin) bir yil oldingi 1,574 milliard dollar (1,451 milliard yevro)ga nisbatan 1,041 milliard dollarni (960 million yevro) taşkil etdi.

OAV xabarlariga köra, kompaniya Rossiya Federatsiyasining «soyadagi» flotining operatori hisoblanadi.

Operator faoliyatiga geosiyosiy omillar va Ğarb sanksiyalari ta’sir körsatdi, deya ta’kidladi «Sovkomflot». «AQŞ Moliya vazirligining hisobot sanasidan keyin kiritilgan yangi keng kölamli sanksiyalari kompaniya faoliyatida qöşimça çeklovçi omil böldi», — deya qöşimça qilindi.

«Sovkomflot» aksiyalari birjada arzonlaşdi

«Interfaks» agentligining 7 mart kuni xabar berişiça, «Sovkomflot» aksiyalari narxi Moskva birjasida asosiy savdo sessiyasi boşlanişida 2 foizga pasayib, har bir aksiya uçun 94,17 rublni taşkil qildi.

The Moscow Times naşrining yanvar oyi örtalaridagi hisob-kitoblariga köra, AQŞning yangi sanksiyalari Rossiyaning «soyadagi» flotidagi 3,5 milliard dollardan (3,2 milliard yevro) ortiq neft taşuvçi tankerlarning qariyb öndan bir qismining töxtab qolişiga sabab böldi.

Naşr Lloyd's List Intelligence hisob-kitobiga asoslangan. Unga köra, Rossiya soyadagi flotining umumiy hajmi deyarli 670 ta kemani taşkil qilgan. Şu bilan birga, Reuters agentligining xabar berişiça, 13 yanvar holatiga köra, Rossiya neftini olib ketayotgan kamida 65 tanker Xitoy va boşqa mamlakatlar portlariga kira olmagan.