Slovakiyada yana Fitso va Rossiya bilan do‘stona munosabatga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi
Minglab Slovakiya fuqarolari bosh vazir Robert Fitsoning rossiyaparast siyosati tufayli iste’fosini talab qilib yana ko‘chalarga chiqdi. Avvalroq vazirlar mahkamasi rahbari o‘z lavozimini tark etish niyatida emasligini ma’lum qilgandi.

Foto: AP
Minglab odamlar Slovakiyada bosh vazir Robert Fitsoning rossiyaparast siyosati tufayli iste’fosini talab qilib, yana bir bor namoyishga chiqdi. Namoyishchilar Ukraina va Slovakiyaning Yevropa tanlovini qo‘llab-quvvatladilar, deb xabar berdi Slovakiyaning Aktuality axborot portali 7 mart, juma kuni.
Namoyishlar 40 ta shaharni qamrab oldi
Unga ko‘ra, «Slovakiya – Yevropa» umumiy shiori ostida aksiyalar 40 dan ortiq, jumladan, xorijiy shaharlarda ham bo‘lib o‘tdi. Slovak diasporalari chet elda, masalan, Praga va Amsterdamda namoyishlar o‘tkazdi.
Bratislavadagi mitingda 9-11 ming kishi qatnashdi. Koshitsa shahrida — 15 minggacha. Banska-Bistritsa shahrida — 3-4 ming. Odamlar Yevropa Ittifoqi va NATO bayroqlarini ko‘tarib yurishgan. «Rossiya imperializmini to‘xtating», deb yozilgan shiorlardan birida.
Slovakiyada muntazam namoyishlar
Aktuality ta’kidlashicha, ikki oydan ortiq vaqtdan beri Slovakiyada shunga o‘xshash tadbirlar har ikki haftada bo‘lib o‘tmoqda. Tashkilotchi — «Ukrainaga tinchlik» fuqarolik birlashmasi. 7 mart kuni Bratislavada bo‘lib o‘tgan mitingning farqli tomoni shundaki, uning ishtirokchilari o‘z talablarini ilgari surish uchun nafaqat Fitsoga, balki Slovakiya muxolifatiga ham murojaat qilishgan.
«Ukrainaga tinchlik» assotsiatsiyasi vakillari taxminan 75 ming kishining xayriya mablag‘lari evaziga Ukraina Qurolli kuchlari uchun o‘q-dorilarga 5 million yevrodan ortiq mablag‘ to‘plaganliklarini ma’lum qilishdi. Avvalroq Fitso Slovakiya zaxiralaridan Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatgan edi.
Mavzuga oid

13:25 / 13.05.2025
O‘zbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

18:13 / 04.04.2025
Slovakiyada 350 tagacha ayiqni otishga ruxsat berildi

09:21 / 29.03.2025
Slovakiya o‘zbekistonlik ishchilar uchun alohida viza kvotasini belgilaydi

11:32 / 22.03.2025