6 mart kuni Suriya ğarbidagi Lataqiya va Tartus viloyatlarida qurolli töqnaşuvlar boşlandi. Bunda alaviylar iştirok etmoqda — bu öziga xos etno-konfessional guruh hisoblanadi. Ular özlarini şia mazhabining maxsus tarmoği tarafdorlari deb hisoblaydi, hokimiyatdagi sunniylar esa ularni hatto bid’atçi ham emas, balki ğayridin deb biladi.

Alaviylar Suriya aholisining taxminan 10 foizini taşkil etadi, Lataqiya va Tartusda esa ular köpçilikni taşkil qiladi. Bu strategik jihatdan juda muhim viloyatlardir: mamlakatning faqat şu qismi Örta Yer dengiziga tutaşgan. Rossiya harbiy bazalari ham şu hududda joylaşgan.

Suriya sobiq prezidenti Başar Asad va uning oilasi ham alaviylarga mansub. Ular doimo öz rejimi dunyoviy ekanini ta’kidlagan, ammo asosiy lavozimlarga, ayniqsa kuç tuzilmalarida, alaviylarni tayinlaşni afzal körişgan. Rejim özgarganidan söng, alaviylar jamoasi Asadlar sulolasiga sodiq qolişda va sobiq tuzumni tiklaşga intilişda gumon qilinmoqda.

Şu bilan birga, alaviylar oxirgi paytlarga qadar druzlar, kurdlar va Suriyadagi boşqa konfessional va etnik jamoalarning laşkarlari kabi uyuşgan harbiy kuçlariga ega emasdi. Asadlar davrida bu vazifani amalda rasmiy qurolli kuçlar – Suriya arab armiyasi bajargan. 2024 yil dekabr oyida Başar Asad hokimiyatdan ağdarilgaç, bu armiyaning aksariyati tarqalib ketdi.

Asadlar rejimi qulaganidan keyin Suriyada hokimiyatni qölga olgan sunniylarning «Hay’at tahrir aş-Şom» (Hş) harakati alaviylarning birlaşişiga va yangi harbiy kuçga aylanişiga yöl qöymaslikka harakat qilib kelmoqda. Bu urinişlar alaviylar istiqomat qiluvçi qişloqlarni «tozalaş» va hatto ularni öqqa tutişni ham öz içiga oladi.

6 mart kuni yangi hukumatning bunday siyosatiga qarşi noroziliklarning navbatdagi tölqini tartibsizliklarga, keyin esa janglarga aylanib ketdi.

Damaşqdagi hukumat vakillari ta’kidlaşiça, alaviylarning turli şaharlardagi namoyişlari oldindan rejalaştirilgan. Isyonçilar ma’muriy binolarni egallay boşlagan. Damaşq, Hama va Halabdan Lataqiya va Tartusga yordam kuçlari yuborilganida, köplab kolonnalar pistirmaga duç kelgan.

Şu kuni internetda «Suriyani ozod qiliş harbiy kengaşi» tuzilgani va Hş rejimiga qarşi isyon kötarilgani haqidagi hujjat paydo böldi. Hujjatni Asad Suriya arab armiyasining 4-zirhli diviziyasi tarkibidagi brigadaga qömondonlik qilgan general Ğiyos ad-Davla imzolagan. Uşbu diviziya qömondoni esa Başarning ukasi va kaptagon giyohvandlik moddasini işlab çiqaruvçi davlat narkokartelining boşliği Mohir Asad edi.