Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada onlayn qimorga berilgan shaxs yashirincha hamkasblari nomiga kredit olib, ularni ham yutqazdi
Gumondorga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “d” va “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Farg‘ona viloyatida onlayn qimorga berilgan shaxs yashirincha hamkasblari nomiga kredit olib, ularni ham yutqazib yuborgan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Oltiariq tumanida yashovchi shaxs onlayn qimor o‘yinlariga berilib ketib, bor pullarini yutqazadi, qarzga botadi. Biroq shunda ham qimor o‘ynashni to‘xtatmaydi.
Shundan so‘ng u firibgarlik yo‘liga o‘tadi. Hamkasblarini aldab, ularning nomiga kredit oladi va pullarni onlayn qimorda yutqazadi.
“Mening yurtim” telekanalining “Hudud” dasturida berilgan lavhada aytilishicha, bir necha nafar fuqaroga kredit to‘lovi haqida xabarnoma kelgan. Shundan so‘ng ular IIBga murojaat qilgan.
IIB tomonidan olib borilgan surishtiruvlarda kreditni fuqarolarning hamkasbi, onlayn qimor o‘yinlariga berilib qolgan yigit olgani aniqlangan. U 4 kishi nomiga jami 75 mln so‘m kredit rasmiylashtirgan.
Jabrlanuvchilardan birining aytishicha, yigit uni “sizga telefon olib beraman” deb rasmga tushirib olgan. So‘ng uning nomiga kredit olgan.
Qayd etilishicha, gumonlanuvchi protsessual tarzda qo‘lga olingan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “d” va “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:12 / 18.06.2026
Prezident yangi moliyaviy mexanizmlarni joriy etish muhimligini ta’kidladi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
21:43 / 25.05.2026
Tadbirkorlar uchun yangi raqamli moliyaviy tizim taklif qilindi
17:00 / 28.04.2026