8 mart kuni Toşkent viloyati, Yangiyöl tumani hududidan ötgan D022 «Nurafşon — Oqqörğon — Yangiyöl» avtomobil yölining 58 kilometrida joylaşgan köprikning bir qismi öpirilib tuşdi. Bu haqda Toşkent viloyati IIBB xabar berdi.

Qayd qilinişiça, hodisada heç kim jabrlanmagan.

Köprik tegişli taşkilotlar va Yöl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan nazoratga olingan bölib, harakat iştirokçilarining xavfsiz harakatlaniş çoralari körilgan.

Köprikning qaçon ta’mirlanişi haqida xabar berilmadi.