Vaşington ötkazilgan tekşiruvlardan keyin AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) 83 foiz dasturlarini bekor qiladi. Bu haqda davlat kotibi Marko Rubio X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasiga yozib qoldirdi.

Uning sözlariga köra, 5200 ta şartnoma bekor qilingan bölib, ularga sarflangan «önlab milliard dollar» mablağlar AQŞ milliy manfaatlariga xizmat qilmagan va «ayrim holatlarda zarar keltirgan».

Rubioning qöşimça qilişiça, USAID’ning qolgan 18 foiz dasturi (davlat kotibi postida aynan şu raqam körsatilgan, u aslida 17 foizni nazarda tutgan bölişi mumkin), ya’ni 1000 ta şartnoma endi AQŞ Davlat departamenti tomonidan ança samarali boşqariladi.

U öz posti orqali Ilon Mask rahbarlik qilayotgan Hukumat samaradorligi departamentiga (DOGE) ham minnatdorçilik bildirib ötgan.

Donald Tramp AQŞ prezidentligi lavozimiga kirişgan kuni USAID’ning çet el davlatlariga yordamini 90 kunga muzlatib qöygandi. Uşbu muddat davomida agentlik dasturlari AQŞ taşqi siyosati va «Amerika qadriyatlariga» mos keliş yoki kelmasligi tekşirilişi aytildi. Sud hujjatlaridan ma’lum bölişiça, Tramp ma’muriyati USAID orqali tölovlarning 90 foizini töxtatişni buyurgan. USAID boşqaruvi AQŞ Davlat departamenti nazorati ostiga ötdi.

AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi 1961 yilda paydo bölgan. 2025 yilda uning boşqa davlatlarga yordam budjeti 42,8 milliard dollarni taşkil etgan. Agentlik, xususan, butun dunyo böylab köplab gumanitar dasturlarni moliyalaştirib keladi.