Dnipro şahrida 11 mart, seşanba kuni keçqurun rossiyaliklarning UUA yordamida uyuştirilgan yirik hujumi natijasida 10 ta xususiy uy zarar kördi. Bundan taşqari, bolalar boğçasi va maktabning oynalari singan. Bu haqda Dnipropetrovsk oblasti harbiy ma’muriyati (OHM) rahbari Sergey Lisak Telegramʼda ma’lum qildi.

«Dniproga duşman uçuvçisiz uçoqlarining hujumi natijasida bir neçta yonğin sodir böldi. Ulardan biri garajda bölgan. Yengil avtomobil yonib ketgan. Ikki qavatli xususiy uy qisman vayron bölgan. Infratuzilma obektlarida ham yonğinlar sodir bölmoqda», — dedi OHM rahbari.

Naşr vaqtida uşbu hujum natijasida qurbonlar yoki jarohatlanganlar haqida ma’lumot yöq. Lisakning sözlariga köra, Ukraina havo hujumidan mudofaa kuçlari tomonidan mintaqada 20 ta drondan 12 tasi urib tuşirilgan.

11 mart kuni keçqurun Ukraina poytaxtida ham havo hujumi haqida signal e’lon qilindi. Kiyev meri Vitaliy Kliçko Telegramʼda havo hujumidan mudofaa kuçlari şaharda işlayotgani haqida yozdi va aholini boşpanalarda qolişga çaqirdi. Uşbu hujum oqibatlari haqida xabar berilmagan.

Ukraina Rossiyaga dronlar bilan hujum qildi: Moskvaga 65 tadan ortiq dron uçirildi

Ukraina uçuvçisiz uçoqlari 11 martga ötar keçasi Rossiya Federatsiyasining bir qança hududlariga yirik hujum uyuştirdi.

Moskvada havo hujumidan mudofaa kuçlari 69 ta dronni urib tuşirdi, dron qoldiqlari Domodedovskaya köçasidagi bino tomiga kiçik zarar yetkazdi, dedi Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyanin. Mash Telegram-kanali xabariga köra, binoning yuqori qavatlari şikastlangan — zarba tölqini bir neçta derazalarni sindirib taşlagan. Şuningdek, dronlarning Moskva yaqinidagi Vidnoye va Ramenskoyedagi turar joy binolariga urilgani haqida xabarlar bor. Taxminlarga köra, hujum "Lyutyy" tipidagi uçuvçisiz uçoq tomonidan amalga oşirilgan, deb yozadi Mash.

Moskva oblasti gubernatori Andrey Vorobev uç kişining ölimi haqida ma’lum qildi. «Kolomna, Zaraysk, Serebryanniye Prudi, Serpuxov, Ramenskoye, Voskresensk, Luxovitsi, Bronnitsi, Domodedovo, Leninskoye, Podolsk, Elektrostal va Kotelnikidan uçuvçisiz uçoqlar haqida xabarlar kelib tuşdi», — dedi Vorobev.

UUA bölaklari Domodedovo temiryöl stansiyasi hududiga tuşib, yölning bir qismiga zarar yetkazdi. Domodedovo rahbari Yevgeniya Xrustaleva Domodedovo vokzalidan Moskva va mintaqa tomon poyezdlar harakati töxtatilganini ma’lum qildi.