Nazariy jihatdan, Yevropa Ittifoqining asosida erkin savdo yotadi: a’zo davlatlar örtasida heç qanday iqtisodiy tösiqlar bölmasligi kerak. Biroq, ittifoq tomonidan joriy etilgan ekologik standartlar, sanoat normalari va mehnat qonunçiligidagi öta qat’iy qoidalar işlab çiqariş xarajatlarini oşirib, investitsiyalarni sekinlaştirmoqda.

Bu çoralar barqaror rivojlaniş va adolatli mehnat bozorini şakllantiriş maqsadida qabul qilingan bölsa-da, ular Yevropada biznes yuritişni qiyinlaştirib, global raqobatda kompaniyalar oyoğiga tuşov bölyapti. Natijada mintaqaning investitsion jozibadorligiga putur yetyapti.

Eng katta muammolardan biri – Uglerod çegaralarini korrektirovka qiliş mexanizmi (CBAM) bölib, bunda import tariflari mahsulotlarning atmosferaga çiqargan zararli gazlari miqdoriga boğliq böladi. Bunday tartib Yevropa bozorida ekologik standartlarni kuçaytiriş maqsadida joriy qilingan bölsa-da, juda murakkab byurokratik jarayonlar va katta xarajatlarni keltirib çiqarmoqda. Natijada, Yevropada işlab çiqariş qimmatlaşyapti, bu esa Yevropa kompaniyalarini kamroq tartibga solinadigan bozorlardagi raqobatçilari oldida qiyinroq vaziyatda qoldirmoqda.

Bundan taşqari, Yevropaning sanoat siyosatini özgartirayotgani ham ayrim muammolarni keltirib çiqaryapti. Yevropa xorijiy texnologiyalarga va strategik xomaşyolarga boğliqlikni kamaytiriş uçun işlab çiqarişni öz hududiga qaytaryapti, lekin bu siyosat bir qator sektorlarda, xususan, yarim ötkazgiçlar va qayta tiklanuvçi energiya sohasida ta’minot zanjirlarining buzilişiga olib kelmoqda. Sanoat mustaqilligini oşiriş örniga, bu çoralar işlab çiqariş xarajatlarining köpayişiga va innovatsiyalar sekinlaşişiga sabab bölmoqda.

Iqtisodiy çeklovlar faqat taşqi bozorlarga tegişli emas. Yevropa Ittifoqi yagona bozorni taşkil etsa-da, a’zo davlatlardagi içki qoidalar hamon bir xil emas. Davlatlar haligaça ittifoq miqyosida mavjud qoidalarga özlari tomonidan qöşimça qoidalarni joriy qilişda davom etyapti, bu esa butkul tösiqsiz iqtisodiy muhit yaratişga tösqinlik qilyapti. Soliq rejimlari, mehnat qonunlari va turli regulyator talablar bir xil emasligi şunday xilma-xilliklar jumlasidan.

Yevropa öz-öziga joriy qilgan bu çeklovlar mintaqaning kelajakdagi iqtisodiy ösişiga xavf solmoqda. Hozir Yevropa Ittifoqi hali ham dunyodagi eng yirik iqtisodiyotlardan biri hisoblanadi, ammo özi olib borayotgan yangi iqtisodiy siyosat bilan raqobatbardoşligini yöqotiş xavfi bor.

Tahlilçilar Yevropa hukumatlariga tartiblarni soddalaştiriş, sarmoyaviy muhitni yaxşilaş va barqaror rivojlaniş bilan iqtisodiy ösiş örtasida muvozanat saqlaşni tavsiya qilmoqda.