Saakashviliga 9 yil qamoq jazosi berildi
U budjet mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblangan. Siyosatchi 2021 yildan buyon bankir Sandro Girgvlianining qotillarini afv etish va deputat Valeri Gelashvilini kaltaklash ishi bo‘yicha olti yillik qamoq jazosini o‘tamoqda. Yangi hukm uning qamoq jazosini uch yilga uzaytirdi.

Tbilisi sudi Gurjistonning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini to‘qqiz yilga ozodlikdan mahrum qildi. Saakshvili budjet mablag‘larini katta miqdorda talon-toroj qilishda aybdor deb topildi. Ishni Tbilisi shahar sudi ko‘rib chiqdi.
Saakashvilidan tashqari, «pidjaklar ishi» deb nomlanuvchi ish bo‘yicha ayblanuvchi sifatida Maxsus qo‘riqlash xizmati sobiq boshlig‘i Teymuraz Janashiya ham ishtirok etgan. Sudlanuvchilar 2009-2012 yillarda to‘qqiz million lari miqdoridagi budjet mablag‘larini o‘zlashtirishda (avtomobillar ijarasi, mehmonxona, kiyim, kosmetik xizmatlar kabilarga) ayblangan. Sud Janashiyani mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda aybdor deb topdi va 300 ming lari miqdorida jarimaga tortdi.
Saakashvili va Janashiya ilgari ham bir necha bor ayblovlarni rad etib, jarayon siyosiy xarakterga ega ekanini ta’kidlagan edi.
Saakashvili 2003 yilgi Atirgul inqilobi natijasida hokimiyatga kelgan va 2013 yilgacha Gurjistonga prezidentlik qilgandi. U chet elda, xususan Ukrainada bir muddat yashagandan so‘ng 2021 yilda mamlakatga qaytgandi. U o‘shanda 2007 yilgi aksiyani tarqatish chog‘ida o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish, davlat budjetini talon-toroj etish va chegarani noqonuniy kesib o‘tishda ayblanib hibsga olingan. Yetti oy o‘tgach, u Vivamedi klinikasiga tekshiruvlar uchun davolanishga yuborilgan — u hali ham o‘sha yerda.
Siyosatchi 2021 yildan buyon bankir Sandro Girgvlianining qotillarini afv etish va deputat Valeri Gelashvilini kaltaklash ishi bo‘yicha olti yillik qamoq jazosini o‘tamoqda. Yangi hukm uning qamoq jazosini uch yilga uzaytirdi, deb xabar bermoqda Mtavari TV.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Arsenal" javob o‘yinida ham "Real"ni yengdi, "Inter" "Bavariya" bilan durang qayd etib, yarimfinalga chiqdi
Sport | 02:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

16:13 / 17.03.2025
Saakashvili yana 4,5 yillik qamoq jazosini oldi

16:59 / 06.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 6 ta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

08:12 / 06.03.2025
O‘zbekiston va Gurjiston savdo hajmini 1 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda

20:45 / 05.03.2025