12 mart kuni Utair (Rossiya) aviakompaniyasining Samarqanddan Moskvaga (UT-810) uçgan Boeing 737 samolyoti dvigatelida yuz bergan nosozlik tufayli aeroportga qaytişga majbur böldi.
Qayd qilinişiça, samolyot balandlikka kötarilayotganda çap dvigatelida pompaj yuz bergan, vaholanki, priborlarda uning parametrlari normal bölgan.
Ekipaj dispetçerlardan kutiş zonasini söragan. Biroq, uçuvçilar dvigatelning quvvatini oşirişga harakat qilgan, ammo yana bir pompaj sodir bölgan. Şundan söng, kema komandiri Samarqandga qaytişga qaror qilgan.
Samolyot kutiş zonasida bir neçta aylanma parvozni amalga oşirgaç, qöniş oğirligi me’yordan yuqori bölsa-da, Samarqand aeroportiga xavfsiz qöngan. Parvoz ma’lumotlarini tahlil qiliş natijalariga köra, çap dvigatelning iş parametrlarida ruxsat etilgan qiymatlardan taşqari heç qanday oğişlar aniqlanmagan. Ayni paytda mutaxassislar nosozlik sabablarini izlaş va bartaraf etişga kirişgani ta’kidlanmoqda. «Rosaviatsiya» hodisa yuzasidan tekşiruv boşlagan.

















