12 mart kuni Farğona xalqaro aeroportida Novosibirskdan S7-5561 reysi bilan uçgan S7 Airlines (Rossiya) aviakompaniyasining Boeing 737-800 samolyoti uçiş-qöniş yölagida qolib ketdi. Bu haqda «Aviatorşçina» xabar berdi.
Qayd qilinişiça, samolyot qöngandan söng, uçiş-qöniş yölagida harakatlanayotganda öng asosiy şassidagi taşqi ğildirak çiqib ketgan. Kema komandiri samolyotni töxtatib, muhandis-texnik xodimlarni çaqirgan. Samolyotni közdan keçiriş çoğida ğildirakni uşlab turuvçi murvatlardan bir qançasi yetişmayotgani aniqlangan.

Şundan söng, yölovçilar uçiş-qöniş yölagiga tuşirilib, yuklari bilan birga aeroport terminaliga yetkazilgan. Boeing 737 samolyoti parvozdan çetlatilgan va bir neça soatdan keyin perronga olib borilgan.
Ta’kidlanişiça, Farğona aeroporti yagona uçiş-qöniş yölagi tösilib qolgani sababli vaqtinça yopilgan. Şu sababli Vnukovodan Farğonaga parvoz qilgan Utair aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti Toşkent aeroportiga qönişga majbur bölgan.
S7 aviakompaniyasi Özbekistondan qaytiş parvozini amalga oşiriş uçun Novosibirskdan zaxiradagi samolyotni yuborgani ta’kidlanmoqda.

















