Kreml Rossiya prezident Vladimir Putin va AQŞ prezidenti Donald Trampning aprel yoki may oyida uçraşişi imkoniyatlarini örganmoqda, deb yozdi The Moscow Times munozaralardan xabardor bölgan Rossiyaning amaldagi va sobiq rasmiylariga tayanib. Eng köp muhokama qilinadigan ssenariylardan biri - bu Pasxa bayramiga töğri keladigan uçraşuv (2025 yilda pravoslav va ğarbiy çerkovlarda bu 20 aprelga töğri keladi).

Ideal holda, Moskva jangovar harakatlarni töxtatiş evaziga Vaşingtonning yon berişlarini maksimal darajada oşiriş uçun uçraşuvni iloji boriça keçiktirişni afzal köradi, çunki «vaqt Kreml tomonida», dedi manbalar.

Şu bilan birga, Rossiya rasmiylari uçraşuvni juda ham keyinga qoldirişni istamayapti, çunki ular Vaşingtonning bunga qiziqişi yöqolişi mumkinligidan xavotirda. Çunki ayni paytda AQŞ va Yevropada Moskva bilan özaro munosabatlarga qarşilik kuçayib bormoqda. Şuning uçun uçraşuv har qanday holatda ham «iyun oyidan keçiktirmay» rejalaştirilgan.

Rossiya Ukrainadagi uruşni tugatişdan taşqari, muzokaralarda özi uçun muhim ikki tomonlama masalalar, jumladan, sanksiyalarni bekor qiliş, AQŞ tomonidan Rossiyaning yirik loyihalariga sarmoya kiritişi, strategik barqarorlik va qurol nazorati kabi masalalarni ham qamrab olişni istaydi.

«Bizga ham, Trampga ham aniq ğalabalar kerak. Ğalabalar faqat yaxşi tayyorlangan, hujjatlaştirilgan kelişuvlardan kelib çiqadi va bu keng kölamli tayyorgarlik işlarini talab qiladi», deb ta’kidladi manbalardan biri.

Tramp imkon qadar tezroq Putin bilan uçraşiş istagini bir neça bor bildirgan. Moskva, rasmiy darajada ehtiyotkor ritorikani saqlab qolgan.

11 mart kuni Qöşma Ştatlar Rossiya va Ukrainaga 30 kunlik muddatga sözsiz öt oçişni töxtatişni e’lon qilişni taklif etdi, bu vaqt içida bölajak tinçlik şartnomasi böyiça muhokamalar boşlanişi kutilmoqda. Kiyev bu taklifga rozi böldi, biroq Moskva hozirça bunga izoh bermadi.