17 yoşli Asilbek Aşurov Guliston şahridagi prezident maktabining 11-sinf öquvçisi. U 2025 yil boşida Çikago universitetiga töliq grant asosida öqişga qabul qilindi. Asilbekka öqiş xarajatlari uçun ajratiladigan grant miqdori 420 ming dollarga teng. Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Asilbek top oliygohga kiriş uçun qanday tayyorgarlik körgani va grant yutiş böyiça şaxsiy layfhaklari haqida sözlab berdi.

Asilbek Aşurov Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida oddiy oilada tuğilib ösgan. 8-sinfgaça tumandagi 8-umumta’lim maktabida öqigan. Keyinçalik Guliston şahridagi prezident maktabiga qabul qilingan. Uning aytişiça, mazkur ta’lim dargohidagi yuqori talab va öquvçilarning kuçli intilişi uni öz ustida qattiqroq işlaşga undagan.

“Prezident maktabida öqiyotgan tengdoşlarim bilimga çanqoq edi. Ulardan orqada qolib ketmaslik uçun tinimsiz öqişim kerakligini tuşundim va öz oldimga aniq maqsadlar qöyib, harakat qila boşladim. Dam oliş kunlari uyga kelganda ham kitob va noutbukdan boş kötarmay dars qilardim. Oila a’zolarim bilan vaqt ötkazişga deyarli fursat bölmasdi. Çunki top universitetlarga kiriş uçun nafaqat atrofimdagilardan kuçli böliş, balki xalqaro miqyosda raqobatbardoş nomzod sifatida şakllaniş ham talab etilar edi”, – deydi Asilbek.

Asilbek 9-sinfdayoq IELTS’dan 7,5 ball, 10-sinfda SAT’dan 1540 ballni qölga kiritgan. U mazkur natijalarga alohida öquv kurslariga qatnamay, mustaqil tarzda tayyorgarlik köriş orqali erişganini ta’kidlaydi:

“Prezident maktabida har bir sinfda 12 ta bola öqiydi va ularga 4 tadan öqituvçi biriktiriladi, 2 tasi malakali, bittasi mahalliy va bittasi xalqaro öqituvçi toifasiga ega böladi. Darslar Cambridge xalqaro dasturi asosida özbek va ingliz tillarida olib boriladi. Bu esa öquvçilarga xalqaro miqyosda tan olingan sertifikatlarni oliş imkoniyatini yaratadi. Ingliz tili va mantiqiy fikrlaş böyiça maktabda yaxşi baza töplaganim bois, IELTS va SAT uçun alohida repetitorga borib, tayyorlanmaganman. Bilimlarimni Cambridge IELTS kitoblari va YouTube’dagi darsliklar, qöllanmalar orqali mustahkamlab, imtihonlardan ötganman”, – deydi u.

Asilbek özining ta’lim sohasidagi yutuqlarida onasining qöllab-quvvatlaşi va motivatsiyasi katta ahamiyatga egaligini aytadi:

“Oilada uç farzandmiz. Onam har birimizning bilim olişimizga jiddiy yondaşgan, ilmga muhabbatimni ham onam uyğotgan. Yaxşi baholar olgan paytimiz yoki kiçik-kiçik yutuqlarga erişganimizda ular har doim turli şirin sözlar bilan bizni rağbatlantirib, sovğalar berardi, bundan kuç olib yanada yaxşiroq öqişga harakat qilardik ”, – deydi u.

Asilbek Xalqaro iqtisod olimpiadasida TOP 10 talik qatoridan joy olgan, “SteamCo” xalqaro matematika tanlovida oltin medal sohibi, Harvard xalqaro munosabatlar dasturi (HUIRSP) iştirokçisi va Future leaders exchange (FLEX) dasturi ğolibi bölgan. Özbekistonlik taniqli iqtisodçi Behzod Hoşimov boşçiligida çekka hududlardagi yoş tadbirkorlarga ajratilayotgan subsidiyalarning samaradorligi örganilgan tadqiqotda yordamçi sifatida işlagan.

Bundan taşqari, “SAT Makon” loyihasiga asos solib, xorijiy talabalarni SAT imtihoniga onlayn tarzda tayyorlaydigan platforma işlab çiqqan. Mazkur dasturdan şu vaqtgaça 20 dan ortiq mamlakatdan 1000 dan ziyod öquvçi foydalangan.

Asilbek universitet tanlaş va öqişga hujjat topşirişdan avval top oliygohlarda öqiyotgan talabalar intervyularini körib çiqib, izlaniş ötkazgan. U biznes va iqtisod sohasiga qiziqqani uçun Çikago universitetini asosiy oliygoh sifatida tanlagan. Mazkur universitet aynan uşbu yönaliş böyiça dunyoda 4-örinda turadi.

“Nufuzli oliygohlar nomzodning faqat akademik bilimiga emas, balki uning universitet qadriyatlariga mos kelişiga ham e’tibor qaratadi. Öta kuçli nomzod bölsangiz-u, universitet talablariga javob bera olmasangiz, oliygohga qabul qilinmasligingiz mumkin. Şuning uçun hujjat topşirişdan avval universitetlar haqida çuqurroq izlanib, akademik yönalişingiz va qiziqişingiz, qiladigan loyihalaringizga mos keladiganini tanlaş kerak”, – deydi u.

Asilbek Çikago universitetidan 420 ming dollarlik töliq grantni qölga kiritdi. Bu grant uning öqiş kontrakti, kitoblar, turar joy, suğurta, oziq-ovqat, yölkira va Özbekistonga kelib-ketiş kabi barça xarajatlarini qoplaydi.

“Universitet meni qabul qilmaydi deb öylagandim, töğrisi. Sababi hujjat topşiriş jarayonida özim haqimda video-taqdimot tayyorlab yuborişim söralgandi, biroz uyalçang bölganim bois uni qilmagandim. Odatda, Çikago universiteti töliq grantni juda kam talabaga beradi, uni qölga kiritganim öqişni davom ettirişim uçun meni öylantirayotgan moliyaviy tösiq masalasini bartaraf etdi. Negaki, AQŞga öqişga ketgan talabalar u yerda yaşaş xarajatlarining qimmatligi tufayli öqişini taşlab, işlaşga majbur bölişganini bir neça marta eşitgandim”, – deydi u.

Asilbek Çikago universitetining bakalavriat bosqiçiga Özbekiston fuqarosi sifatida öqişga qabul qilingan va töliq grantni qölga kiritgan birinçi talaba böldi. Magistratura bosqiçida esa bu oliygohda asli özbek hisoblangan, ammo Amerika fuqarosi sifatida röyxatdan ötgan 3 nafar talaba tahsil olmoqda.

Intervyuni töliq holda Kun.uz’ning YouTube’dagi kanalida tomoşa qilişingiz mumkin.

Diyoraxon Nabijonova suhbatlaşdi.