Közga körinmas firibgarlik tahdidlari har qadamda. Octobank'ning birinçi materialida sun’iy intellektdan foydalangan holda yaratilgan sxemalar, jumladan, ovozni öxşatib nusxalaş, yozişmalarni tahlil qiliş va işonarli dipfeyklarni yaratiş körib çiqiladi. Bu sxemalar qanday işlaşini va qanday himoya usullari mavjudligini aytib ötamiz.
Firibgarlar bank mijozlarini aldaş uçun sun’iy intellektdan foydalanişmoqda
1. Telegram-akkauntni özlaştirib oliş
— Firibgarlar .apk kengaytmasi va foydalanuvçiga ularni oçişga undaşi mumkin bölgan iboralar yozilgan fayllarni yuboradi. Köpinça bu "Salom, suratdagi senmisan?" degan matnli xabar. Stiller-virus (zararli dasturiy ta’minot) firibgarlarga qurilmaga, şu jumladan SMS xabarlarga, qönğiroqlar, kontaktlar, galereya va boşqa ta’sirçan ma’lumotlarga töliq kiriş imkonini beradi, bu esa foydalanuvçini hamda uning bank va boşqa ilovalarini keyinçalik komprometatsiya qiliş mumkin.
— Qurilma muvaffaqiyatli komprometatsiya qilingandan söng buzğunçilar çatlar va barça ovozli xabarlarga kiriş huquqiga ega böladi, jabrlanuvçining akkauntiga kiriş uçun buzğunçilar bulutli parolni örnatadi va qurbonning barça faol seanslarini yakunlaydi.
2. Qalbaki ovoz yaratiş
— Ovozli xabarlar yozuvlarini olgandan söng firibgarlar sun’iy intellektdan foydalanib, jabrlanuvçining ohanglari va nutq uslubini taqlid qiluvçi soxta ovozni yaratadi.
3. Jabrlanuvçining qarindoş va döstlarini aldaş
— Firibgarlar jabrlanuvçining qarindoşlari yoki döstlariga qönğiroq qiladi yoki Telegramʼda xabar yozadi.
— Oldindan tayyorlangan ovozli iboralardan foydalanadi, masalan: "Menga şoşilinç pul kerak, yordam qiling" yoki "Muammoga duç keldim, mana şu hisobraqamiga pul ötkazing".
— Avvalgi yozişmalarni tahlil qiliş orqali muloqot uslubini hisobga oladi.
4. Soxta videoqönğiroqlar
— Yuqori darajali firibgarlar real vaqt rejimida dipfeyklardan foydalanib, jabrlanuvçining oldin çatda yozilgan yuzi va ovozli xabarlarini sinxronlaşi mumkin.
















