Strategik şeriklik örnatiş töğrisidagi qöşma deklaratsiya 5 bob 36 banddan iborat. Boblar – siyosiy hamkorlikni çuqurlaştiriş, mudofaa va xavfsizlik masalalarida hamkorlikni mustahkamlaş, iqtisodiy hamkorlik va savdoni rivojlantiriş, inklyuziv va barqaror rivojlaniş sohasida hamkorlikni faollaştiriş hamda inson almaşinuvini rivojlantirişni öz içiga oladi.
Hujjatga köra, tomonlar öz munosabatlarini xalqaro huquq normalariga hurmat, har ikki tomonning özaro tengligi, suverenitet, mustaqillik, hududiy yaxlitlik, çegaralarning bölinmasligi va özaro işonç asosida rivojlantiradi. Tinçlik, xavfsizlik va barqarorlikni qöllab-quvvatlab, xalqaro huquq normalariga zid ravişda kuç işlatişga qarşi ekanini qayd etgan. Xususan, Fransiya tomoni Özbekistonning Markaziy Osiyodagi yaxşi qöşniçilik, tinçlik va xavfsizlikni ta’minlaş yölidagi harakatlarini qöllab-quvvatlaydi.
Fransiya va Özbekiston BMTning örni, taşkilot oldida inson huquqlarini himoya qiliş borasida olgan majburiyatlarini tan oladi. BMT va uning tizimidagi taşkilotlar YeXHT doirasida hamkorlikni rivojlantirib boradi. YuNESKO doirasida madaniy yodgorliklarni asrab-avaylaş yuzasidan olingan majburiyatlarni bajarişga sodiq qoladi.
Ikki tomon eng yuqori darajada va hukumatlar doirasida barça kanallarda doimiy aloqalarni saqlab turişga kelişgan. Fransiya Özbekiston-2030 strategiyasi doirasida demokratiyani mustahkamlaş va qonun ustuvorligini ta’minlaş yölidagi islohotlarni amalga oşirişda öz hissasini qöşişga tayyorligini bildiradi.
Tomonlar davlat boşqaruvi, parlamentlararo hamkorlik, davlat xizmatçilarini tayyorlaş yölida hamkorlikni davom ettiradi.
Fransiya va Özbekiston mudofaa hamda xavfsizlik yönalişlaridagi munosabatlarini rivojlantirişni maqsad qilgan. Şu maqsadda mudofaa sanoati sohasida hamkorlik yangi bosqiçga olib çiqiladi. Özaro manfaatli bölgan barça siyosiy, harbiy va mudofaa-sanoat sohalarida muntazam ravişda ikki tomonlama strategik muloqotlar rağbatlantiriladi.
Fransiya va Özbekiston mutaxassislar, malakali işçilarning qonuniy harakatlanişiga imkoniyat yaratib, noqonuniy immigratsiyaga qarşi kuraşda hamkorlikni kuçaytirişni maqsad qilgan. Şu maqsadda talabalar va mutaxassislarning harakatlanişi, şuningdek, noqonuniy migrantlarni topşirişga doir hujjat — readmissiya imzolandi.
Ikki davlat jinoyatçilikka qarşi kuraşda axborot almaşinuvini kuçaytiradi va xavfsizlik kuçlari örtasidagi aloqalarni faollaştiradi. Sohaviy delegatsiyalar almaşinuvi hamda ta’lim faoliyatidagi hamkorlik çuqurlaştiriladi.

















