Şavkat Mirziyoyev 14 mart kuni Rossiya Davlat Dumasi raisi Vyaçeslav Volodinni qabul qildi. Özbekiston bilan Rossiya örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarining dolzarb masalalari körib çiqildi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Uçraşuv avvalida yuqori martabali mehmon Özbekiston prezidentiga Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Ötgan yil may oyida Rossiya prezidentining Özbekistonga davlat taşrifi çoğida erişilgan kelişuv va bitimlarning amalga oşirilişini nazorat qiliş maqsadida parlamentlararo hamkorlikni kengaytirişga alohida e’tibor qaratildi.

Şavkat Mirziyoyev Parlamentlararo komissiyaning ikkinçi yiğilişiga puxta tayyorgarlik köriş va uni Özbekistonda, ikki mamlakat hududlarini keng jalb etgan holda ötkaziş muhimligini ta’kidladi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning ustuvor loyihalarini, mehnat migratsiyasi va madaniy-gumanitar almaşinuv borasidagi qöşma dasturlarni qöllab-quvvatlaş va jadallaştirişda parlamentlar faol iştirok etişi zarurligi qayd etildi.

Vyaçeslav Volodin rasmiy taşrif bilan Özbekistonga kelgani töğrisida 13 mart kuni xabar berilgandi. Rossiya Davlat Dumasi u mamlakat rahbariyati bilan uçraşişi va Oliy Majlisning ikkala palatasiga taşrif buyurişini ma’lum qilgan edi.

















