Bugun, 14 mart kuni Oliy Majlis Senatida Rossiya Davlat Dumasi raisi Vyaçeslav Volodin boşçiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuvda Senat raisi Tanzila Norboyeva martabali mehmonni Özbekistonga taşrifi bilan qutladi, deb xabar beradi parlament yuqori palatasi matbuot xizmati.

Uçraşuvda ötgan yili özaro savdo aylanmasi 15 foizga ösib, 12 mlrd AQŞ dollarini taşkil etgani aytib ötildi. Muloqot çoğida migratsiya masalasida dolzarb vazifalar mavjudligi va bu jarayonda ikki davlat fuqarolarining huquq hamda manfaatlarini himoya qilişning qonuniy yeçimlarini hamkorlikda topiş muhimligi ta’kidlandi.

Şu bilan birga Özbekiston—Rossiya parlamentlari aloqalarining bugungi holati tahlil qilinib, ikki davlat munosabatlarida parlamentlararo yaqin hamkorlik muhim ahamiyat kasb etişi ta’kidlab ötildi.

Bu borada Oliy Majlis Senati va Rossiya Federal Kengaşi örtasida qöşma komissiya faoliyat yuritib kelayotgani, ikki davlat parlamentlarining yuqori palatalari rahbarlari muntazam ravişda ötkazayotgan uçraşuvlari işonçli hamkorlik muhitida öz samarasini berayotgani e’tirof etildi.

Öz navbatida martabali mehmon samimiy qabul uçun minnatdorlik bildirdi. «Biz Özbekistonni Rossiyaning 10 ta işonçli hamkorlaridan biri deb hisoblaymiz. Mamlakatlarimiz örtasida qaror topgan mustahkam döstlik va işonçli şerikçilik siyosatini qöllab-quvvatlaymiz. Parlamentlarimizning izçil va samarali faoliyatidan manfaatdormiz hamda hamkorligimizni yuqori sur’atlarda davom ettiriş tarafdorimiz», — dedi Volodin.

Şuningdek, suhbat davomida istiqbolda özaro munosabatlarni yanada mustahkamlaş, erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş ustidan nazorat, qonunçilik sohasida tajriba almaşiş va Yoşlar parlamenti aloqalarini faollaştiriş yuzasidan fikr yuritildi.

Özbekiston tomoni Rossiya parlamenti rahbariyati va vakillarini yaqinda Toşkentda ötkaziladigan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi tadbirlarida faol iştirokini mamnuniyat bilan qabul qilişini bildirdi.

Avvalroq Şavkat Mirziyoyev 14 mart kuni Rossiya Davlat Dumasi raisi Vyaçeslav Volodinni qabul qilgani töğrisida xabar berilgandi