Iroq boş vaziri Muhammad As-Sudaniy razvedka xizmatlari tomonidan IŞID yetakçisi yöq qilinganini ma’lum qildi.
Abu Xadiça al-Iroqiy nomi bilan tanilgan Abdulloh Makkiy Muslih Ar-Rufoiy terrorçi guruhga qarşi kuraşayotgan AQŞ boşçiligidagi koalitsiya kömagida Iroq razvedka xodimlari tomonidan öldirilgan.
Iroq boş vaziri sözlariga köra, Ar-Rufoiyi terrorçi guruh rahbari örinbosari lavozimini egallagan. As-Sudaniy uni «eng xavfli jangari» deb atadi. Terrorçi Iroq ğarbidagi Anbar viloyatiga berilgan havo hujumida yöq qilingan.
2021 yil yanvarida Abu Yasir al-Isoviy iroqlik harbiylar tomonidan yöq qilinganidan söng, Ar-Rufoiy IŞID bölimiga rahbarlikni qölga olgan. U yoşligida terrorçi taşkilotga qöşilgan, hibsga olingan va terrorçilikda ayblanib qamoq jazosiga hukm qilingan. Biroq qoçişga muvaffaq bölgan va terrorçilik faoliyatini davom ettirgan.
Ötgan yilning may oyida AQŞ Markaziy qömondonligi Suriyada IŞID terrorçi guruhining yuqori martabali a’zosi Usoma Jamol Muhammad Ibrohim al-Janabiy öldirilgani haqida xabar bergan edi. Oktabr oyida Iroq boş vaziri mamlakat hududida «Iroq amiri» öldirilganini e’lon qildi.












