Donald Tramp import mahsulotlariga bojlar joriy etilişi xorijiy kompaniyalarni AQŞda köproq işlab çiqariş korxonalari oçişga majbur qiladi, deb hisoblamoqda. YeIdagi Amerika savdo palatasining (ASP) ogohlantirişiça, u boşlagan savdo uruşi nafaqat tovarlar oqimiga, balki investitsiyalarga ham zarar yetkazişi mumkin, natijada xorijiy kompaniyalarning kapital qöyilmalari, aksinça, kamayiş ehtimoli bor. Bundan taşqari, kompaniyalarning Atlantikani ikki tomonida joylaşgan bölinmalari daromadlari ham zarar köradi.

Trampning bojlari nafaqat bevosita yiğim undiriladigan tovarlarga, balki AQŞ va Yevropa örtasidagi 9,5 trillion sömlik tijoriy munosabatlarga ham xavf tuğdiradi. 2024 yilda ikki tomonlama tovarlar savdosi 1,3 trillion dollarga yetgan, xizmatlar esa 750 milliard dollardan oşgan. ASPga köra, Atlantikaning ikki tomonidan joylaşgan kompaniyalarning savdo oqimlari aslida ança köp: Yevropa kompaniyalarining AQŞdagi bölinmalari savdosi 3,5 trillion dollardan oşsa, Amerikaning Yevropadagi kompaniyalari 4 trillion dollarlik savdolarni amalga oşiradi.

Jon Xopkins universiteti tadqiqotçisi Den Hemiltonning ta’kidlaşiça, Tramp va uning ma’muriyati tomonidan paydo qilingan noaniqlik Yevropa kompaniyalarni AQŞdagi biznesiga investitsiyalarni qisqartirişga, şuningdek, amerikalik investorlarni Yevropadagi sarmoyalarini kamaytirişga majbur qilişi mumkin. Şu bilan birga, AQŞning Yevropaga kiritgan töğridan-töğri xorijiy investitsiyalari uning boşqa barça mintaqalarga qilgan sarmoyalaridan oşib ketadi. Xuddi şunday, Yevropa ham özining töğridan-töğri investitsiyalarining deyarli uçdan ikki qismini AQŞga yönaltirgan. «Savdo mojarosining oqibatlari faqat savdo bilan çeklanmaydi,» — deydi Hemilton.

Uning sözlariga köra, bojlar Yevropa kompaniyalarga özining Amerikadagi filiallariga ehtiyot qismlar jönatişini qiyinlaştirişi mumkin, Yevropa Ittifoqi yoki boşqa davlatlarning javob tariqasidagi tariflari esa AQŞdan tayyor mahsulot eksportini çeklaşga olib keladi. Natijada, Yevropa kompaniyalarining AQŞdagi, Amerikaning esa xorijdagi savdolari qisqarib ketadi. AQŞ tibbiyot uskunalarini faol eksport qiladi, ammo ularning ehtiyot qismlarini, xususan, Şarqiy Osiyo, Yevropa, Meksikadan oladi. Umuman olganda, AQŞ kompaniyalari öz mahsulotlarida foydalanadigan komponentlarning qariyb 20 foizini çetdan import qiladi.

«Tramp AQŞ iqtisodiyoti allaqaçon xizmat körsatiş iqtisodiyotiga aylanib qolganini unutib qöymoqda. Amerika fond indekslarini sönggi yillarda yuqoriga kötarib, trillionlab kapitalizatsiyani töplagan «ajoyib yettilik» deb ataluvçi kompaniyalar (Apple, Alphabet, Amazon, Meta, Microsoft, Nvidia va Tesla) orasida faqat Nvidia çip, Tesla esa avtomobil işlab çiqaradi. Apple ham gadjetlar çiqaradi, ammo uning biznesini asosiy qismi xizmat körsatişdan, jumladan, dasturiy ta’minotni takomillaştiriş, ilovalar dökoni, Apple Music va Apple TV’dan iborat», — deyiladi xabarda.

Amazon tovarlar bilan savdo qiladi, ammo u ham bulutli hisoblaş xizmatlarini taqdim etadi va filmlar işlaydi. şu bilan birga, Alphabet, Meta va Microsoft Amerika va çet el bozorlariga faqat raqamli xizmatlarni sotadi xolos.

2023 yilda Yevropa Ittifoqining AQŞ bilan tovarlar savdosi defitsiti 208,7 milliard dollarni, xizmatlar savdosi esa 76,5 milliard dollar profitsitni taşkil etgan.