Toşkent şahri Yakkasaroy tumanidagi «12» (Twelve) tungi klub oldida bir qator fuqarolar, xususan, Boris Avakyanga jarohat yetkazişda gumonlanayotgan Akmal Şukurov Qozoğistonda qölga olindi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
16 martga ötar keçasi «12» tungi klubi oldida ikki kişi — Akmal Şukurov va uning tanişi Xurşid A. örtasida janjal kelib çiqqan va muştlaşuvga aylangan. Boris Avakyan ularni ajratmoqçi bölgan, ammo boşidan ikki marta zarba yeb, huşidan ketgan. U «boş suyagi jarohati, öng yonoq terisining yirtilişi» taşxisi bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Tarqalgan videolarda tungi klub joylaşgan The Tower mehmonxonasining oldida Şukurov erkakka ikki marta muşt tuşirgaç, yana Xurşid A. bilan yana muştlaşib, şu yerdagi ayollardan birini ham kaltaklagani körinadi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277- (bezorilik) va 104-moddalari (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işlari qözğatilgan.
Huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Akmal Şukurov Qozoğistonda uşlangan. Hozirda uni Toşkent şahriga ekstraditsiya qiliş çoralari körilmoqda.












