Amerikaning Nvidia çip işlab çiqaruvçi texnologiya kompaniyasi sun’iy intellektga ega Blue robotini taqdim etdi. Kompaniya asosçisi va prezidenti Jyensen Huang buni GTC 2025 konferensiyasida namoyiş qildi.

Huang taqdimotda robototexnikani modellaştiriş uçun möljallangan, oçiq kodli Newton fizik dvigatelini taqdim etdi. U Google DeepMind sun’iy intellekt kompaniyasi va Disney Research bilan hamkorlikda işlab çiqilgan. Blue robot uşbu dvigatel yordamida yaratilgan.

Robot sahnaga çiqqanida, Huang unga murojaat qildi: «Salom, Blue, yaxşimisan? Senga yangi fizik dvigatel yoqdimi? Yoqdi, a? Ha, men aniq bilaman».

Konferensiya davomida Nvidia dunyodagi birinçi oçiq kodli Isaac GR00T N1 odamsifat robotini ham e’lon qildi.