Zamonaviy bozorni brend degan tuşunçasiz tasavvur qilib bölmaydi. Iste’molçi tovarni tanlar ekan, köp hollarda uning funksionalligidan taşqari, brendiga ham e’tibor beradi. Mahsulot yodga olinganda aksariyat iste’molçilar tasavvurida bozor yetakçilari bölgan brendlarning muayyan majmuasi şakllangan, masalan: telefon — iPhone, fen — Dyson, krossovka — Nike va boşqalar.
Brend haqidagi fikr sifat, mulohazalar, reklama va servis ta’siri ostida şakllanadi. Kuçli brend köproq e’tibor jalb etadi, mijozlar sadoqatini oşiradi va raqobat afzalligini beradi. U balandroq narx qöyişga imkon yaratadi, çunki iste’molçilar işonç uçun tölaşga tayyor böladilar.
Bugungi kunda brend – bu logotipning özi emas, brend – bu kompaniya va mahsulotning yaqin yillardagi rivojining iste’molçilar uçun tuşunarli va maqbul bölgan yaqqol strategiyasi, brend qiymati esa – bu sadoqatli auditoriya sababli biznes oladigan real foydadir. Odamlar brendga işonadilar, uni qayta-qayta tanlab oladilar, u haqda boşqalarga sözlab beradilar va bu hammasi kompaniya daromadiga bevosita ta’mir körsatadi.
U yoki bu brend qança turişi haqida heç öylab körganmisiz? Brend rivojiga kiritiladigan barça sarmoya – vaqt, pul, bilim – real natija keltirişi lozim. Ma’lum bölişiça, biznes qiymatini hisoblab çiqiş mumkin ekan. Bu şunçaki raqam bölmay, sadoqatli auditoriya sababli biznes qölga kiritadigan real foyda bölarkan.
Brend qiymatini qanday hisoblaş mumkin?
2025 yilda brendlar uçun yagona mukofot – “Brand Awards International” taşkilotçilari – Özbekiston marketing uyuşmasi va Özbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi birinçi marta brendlarga öz qiymatlarini bilib oliş imkonini yaratadi.
Hisoblaş “katta törtlik”da köp yillik iş tajribasiga ega mutaxassislar tomonidan amalga oşiriladi. Brendning indikativ qiymatini hisoblaşda “Royaltidan ozod böliş” uslubi qöllaniladi.
Hisoblaş uçun kompaniyaning uzoq muddatli tuşum prognozi, tegişli industriya böyiça örtaça bozor royalti stavkasi va individual xatarlarni hisobga oluvçi diskontlangan stavka qöllanildi.

Brend qiymatini hisoblaş biznesingizni rivojlantirişga qanday ta’sir körsatişi mumkin?









