Toşkent metropolitenida TTZ dahasigaça yöl tortilib, 10 ta bekat quriladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev 20 mart kuni Toşkent şahrida amalga oşirilayotgan quriliş va obodonlaştiriş işlari bilan tanişuv vaqtida ma’lum qildi.
Taşrif davomida Toşkent şahrida jamoat transportini rivojlantiriş loyihalari ham körib çiqilgan. Ma’lumki, Toşkent metropolitenini Toşkent traktor zavodi dahasigaça olib boriş rejalaştirilgan. Prezident avval taqdim qilingan loyihalarni qayta körib çiqiş, boşqa muqobil takliflar kiritiş böyiça topşiriq bergan edi.
Şunga muvofiq tayyorlangan yangi loyihaga köra, metropolitenning Çilonzor yönalişi Toşkent traktor zavodi dahasigaça uzaytirilib, yana 10 ta bekat quriladi. Bu tarmoq 30 ta mahalla, 148 ming aholini qamrab oladi.
Prezident Yunusobod tumanida barpo etilgan High Town City majmuasi bilan tanişdi. U keng qamrovli bölib, savdo va köngiloçar markazi, biznes markazi, mehmonxona va zamonaviy turar joylarni öz içiga olgan.

«Mamlakatda investorlarga yaratilgan qulayliklar tufayli iqtisodiyotda xususiy sektorning uluşi oşib bormoqda. Töğridan-töğri sarmoyalar kiritilib, sanoat, quriliş, savdo, xizmat körsatiş sohalarida istiqbolli loyihalar amalga oşirilmoqda.
Poytaxtning Yunusobod tumanida barpo etilgan High Town City majmuasi şulardan biri. U keng qamrovli bölib, savdo va köngiloçar markazi, biznes markazi, mehmonxona va zamonaviy turar joylarni öz içiga olgan. Bunga 510 million dollar töliq xorijiy investitsiya yönaltirilgan.
Davlat rahbari savdo markazidagi zamonaviy tijorat va xizmat turlarini közdan keçirdi. 4 qavatli binoda savdo dökonlari, jumladan, maşhur brendlarning şoxobçalari oçilgan. Restoran va kafelar, köngiloçar öyingohlar, sport maydonlari, kinoteatrlar el xizmatida. Yer ostida avtoturargoh bor.
Bir söz bilan aytganda, bu yerda odamlar savdo qilişi, dam olişi, sport bilan şuğullanib, vaqtini çoğ ötkazişi uçun barça şaroitlar yaratilgan. Majmua bir kunda 5 ming kişiga xizmat körsatiş quvvatiga ega. Unda 1 ming 500 kişi iş bilan ta’minlandi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Prezident majmuaning iqtisodiy ahamiyati va aholi uçun qulayligini e’tirof etib, investor va tadbirkorlarga kömak beriş bundan keyin ham davlat siyosatining strategik yönalişi bölib qolişini ta’kidladi. Milliy mahsulotlarni brendga aylantiriş, ularni taşqi bozorlarda taniştiriş böyiça mutasaddilarga körsatmalar berdi.


















