Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Bryusselda YeI oliy vakili mahkamasi rahbari bilan uchrashdi
O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi Bryusselga tashrifi doirasida Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili mahkamasi rahbari Vivian Lunela bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: Dunyo
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikda keyingi yillarda erishilgan yangi dinamika, shuningdek, Markaziy Osiyo va YeI o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalarni rivojlantirish va chuqurlashtirish bo‘yicha birgalikdagi qadamlar muhokama qilindi.
Vivian Lunela Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas nomidan shu yil 3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" formatidagi birinchi rasmiy sammitni o‘tkazish tashabbusi uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi.
Yevropa Ittifoqi rahbariyati va YeIga a’zo barcha 27 davlat ushbu tarixiy sammitni tashkil etishni bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagani, bu ikki mintaqa o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda ochiq siyosiy muloqot va o‘zaro manfaatli amaliy sheriklikni mustahkamlashga ko‘maklashishi zarurligi qayd etildi.
Mavzuga oid
13:37 / 24.02.2026
Sanksiyalarni chetlab o‘tish: Bryusselda rossiyaliklarga nisbatan sud boshlanadi
12:44 / 23.01.2026
Abdulaziz Komilov Tinchlik kengashiga qo‘shilish sabablarini izohladi
13:46 / 17.01.2026
FT: YeI a’zolik uchun ikki bosqichli model ustida ishlayapti
20:00 / 19.12.2025