Armanistonda yangi konstitutsiyani qabul qiliş böyiça referendum 2027 yilga möljallangan, dedi boş vazir Nikol Paşinyan jamoat televideniyesiga bergan intervyusida.
«Biz yangi konstitutsiyani qabul qiliş yölidan boramiz. 2027 yilda referendum ötkazişni rejalaştirganmiz», — dedi u.
Ötgan yilning sentabrida siyosatçi Armaniston Ozarboyjon bilan tinçlik şartnomasini tuziş uçun konstitutsiyani özgartirişga tayyorligini aytgan edi. Uning qayd etişiça, agar Armaniston Konstitutsiyaviy sudi hujjatni mamlakat asosiy qonuniga zid deb topsa, bu sodir bölişi mumkin. Keyin oxirgisini özgartiriş kerak böladi.
Ozarboyjon bilan tinçlik örnatilişi munosabati bilan Armaniston konstitutsiyasiga özgartirişlar kiritiş asosiy qonunning muqaddimasi tufayli talab qilinişi mumkin. Unda 1990 yildagi Armanistonning mustaqillik deklaratsiyasiga havola mavjud bölib, unda «Armaniston SSR va Toğli Qoraboğni birlaştiriş töğrisida»gi rezolyutsiyaga havola bilan xalqlarning öz taqdirini özi belgilaş huquqi töğrisidagi ibora mavjud. 2023 yil sentabridan buyon, harbiy operatsiyadan söng bu hudud Boku nazoratiga ötdi va uning aksariyat aholisi – etnik armanlar Qoraboğni tark etdi.
Intervyuda Paşinyan Boku bilan kelişuv mavzusiga töxtaldi. Uning sözlariga köra, hozirda kelişuvning har ikki tomon uçun maqbul varianti mavjud. Ozarboyjon va Armaniston sovet respublikalari çegaralarida bir-birining hududiy yaxlitligini tan oldi. Boş vazir uşbu hujjatni imzolaşga tayyorligini bildirdi. Şartnoma tuzilgaç, uni ommaga oşkor qiliş rejalaştirilmoqda, dedi Paşinyan.
«Tinçlik şartnomasining kelişilgan matnida Ozarboyjon uçun ham, biz uçun ham bir tomonlama majburiyatlar mavjud emas», dedi u.












