Slovakiya yana Fitso kursiga qarshi ko‘p ming kishilik namoyishlar bo‘lib o‘tdi
Bratislava va Slovakiyaning boshqa shaharlarida minglab odamlar bosh vazir Robert Fitso siyosatiga qarshi norozilik bildirish uchun ko‘chalarga chiqdi. Namoyishchilar hukumatni Rossiyaga taslim bo‘lganlikda ayblab, uni iste’foga chiqishga chaqirdi.

Foto: AP
21 mart, juma kuni minglab odamlar Bratislava va Slovakiyaning boshqa shaharlarida mamlakat bosh vaziri Robert Fitsoning rossiyaparast siyosati va avtoritar tendensiyalariga qarshi norozilik bildirish uchun ko‘chalarga chiqdi. Namoyishchilar Slovakiya hukumatini iste’foga chiqishga chaqirdi.
«Vaziyat o‘ta og‘ir» — bu so‘zlar Bratislavadagi norozilik tribunasidan yangradi, deya xabar beradi dpa agentligi. Mamlakatning ikkinchi yirik shahri Koshitsada nutq so‘zlovchi Slovakiya mudofaa vaziri Robert Kalinakni Rossiyaga taslim bo‘lganlikda aybladi.
Mitinglar yana Ukraina qurolli kuchlariga o‘q-dorilar uchun pul yig‘uvchi «Ukrainaga tinchlik» fuqarolik uyushmasi tomonidan uyushtirildi. Faollar, xususan, Fitsoni Kiyevga qurol yetkazib berishni to‘xtatgani uchun tanqid qilyapti. Hukumat esa Ukrainaga minalardan tozalash uskunalari va elektr generatorlarini yuborish orqali yordam berishda davom etishini ta’kidlamoqda. Bundan tashqari, Slovakiya Rossiyaning o‘qqa tutishi tufayli ishlab chiqarish pasayganida Ukrainani elektr energiyasi bilan ta’minlayotgani xabar qilingan.
Slovakiyada yana Fitso va Rossiya bilan do‘stona munosabatga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi
Minglab odamlar Slovakiyada bosh vazir Robert Fitsoning rossiyaparast siyosati tufayli iste’fosini talab qilib, yana bir bor namoyishga chiqdi. Namoyishchilar Ukraina va Slovakiyaning Yevropa tanlovini qo‘llab-quvvatladilar, deb xabar berdi Slovakiyaning Aktuality axborot portali 7 mart kuni.
Unga ko‘ra, «Slovakiya – Yevropa» umumiy shiori ostida aksiyalar 40 dan ortiq, jumladan, xorijiy shaharlarda ham bo‘lib o‘tdi. Slovak diasporalari chet elda, masalan, Praga va Amsterdamda namoyishlar o‘tkazdi.
Bratislavadagi mitingda 9-11 ming kishi qatnashdi. Koshitsa shahrida — 15 minggacha. Banska-Bistritsa shahrida — 3-4 ming. Odamlar Yevropa Ittifoqi va NATO bayroqlarini ko‘tarib yurishgan. «Rossiya imperializmini to‘xtating», deb yozilgan shiorlardan birida.
Mavzuga oid

13:17 / 08.03.2025
Slovakiyada yana Fitso va Rossiya bilan do‘stona munosabatga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

17:25 / 07.03.2025
O‘zbekistonning Slovakiyadagi birinchi elchisi tayinlandi

08:20 / 08.02.2025
Slovakiyada o‘n minglab kishilar yana namoyishga chiqdi

15:23 / 01.02.2025