Amerikalik işlab çiquvçilar F-47 yangi avlod qiruvçi samolyotini yaratdi. Havo kemasining tajribaviy versiyasi deyarli 5 yil davomida yaşirinça sinovdan ötkazildi.

AQŞ prezidenti Donald Trampning ma’lum qilişiça, Next Generation Air Dominance (NGAD, Havoda ustunlikning yangi avlodi) qiruvçi samolyotini işlab çiqariş böyiça 20 milliard dollarlik dasturni Boeing kompaniyasi qölga kiritdi.

Yangi samolyot tarixdagi eng halokatlisi deb atalmoqda va Lockheed Martin F-22 Raptor samolyotining örnini egallaşi kerak. Qiruvçi samolyot 2 Max tezlikka (taxminan 1450 km/soat) erişa oladi. U radarlardan yaşiruvçi ilğor texnologiyalar bilan jihozlanadi.

Tramp sözlariga köra, samolyot F-47 deb nomlanadi va prototip 5 yildan beri sinalmoqda.