Yevropaning qayta qurollanish rejasi nomi tanqiddan keyin o‘zgardi
Yevropa Ittifoqining o‘n yillik oxirigacha yangi chaqiriqlarga tayyor turish majburiyatini e’tirof etgan holda, ReArm Europe dasturi endi Readiness 2030 deb nomlanishi kerak. Avvalgi nom Ispaniya va Italiya tomonidan tanqid qilingan.

Foto: Sepp Spiegl/IMAGO
Yevropa Ittifoqining ReArm Europe ("Yevropani qayta qurollantirish") rejasi endi Readiness 2030 deb nomlanishi kerak. Bu haqda 21 mart, juma kuni Yevrokomissiya (YeK) vakili Paula Pino ma’lum qildi. Shu yo‘l bilan Yevropa Ittifoqi joriy o‘n yillikning oxiriga borib Yevropa Ittifoqi yangi chaqiriqlarga tayyor bo‘lishi kerakligini ta’kidlamoqchi.
Pinoning so‘zlariga ko‘ra, Yevrokomissiya oldingi nom «Yevropa Ittifoqiga a’zo ba’zi davlatlarda turlicha» qabul qilinishi mumkinligini tushunadi va «bu chora-tadbirlar zaruratini (Yevropani qayta qurollantirish) Yevropa Ittifoqining barcha fuqarolariga yetkazishni qiyinlashtiradi».
ReArm Europe nomi 20 mart kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi sammitida Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches tomonidan tanqid qilindi. «Menga "qurollanish" so‘zi yoqmaydi», dedi u va Yevropa Ittifoqi harbiy emas, «siyosiy loyiha» ekanligini ta’kidladi. Italiya bosh vaziri Jorja Meloni ReArm Europe nomi «fuqarolarni chalg‘itmoqda» dedi.
Yevropa Ittifoqi mudofaa tayyorgarligini oshirish bo‘yicha ishlarni tezlashtiradi
Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlari kelgusi besh yil ichida Yevropaning mudofaa tayyorgarligini oshirish bo‘yicha barcha sohalarda ishlarni jadallashtirishga chaqirdi. Bu haqda 20 mart kuni Yevropa Ittifoqining Bryusseldagi sammiti yakunlari bo‘yicha qabul qilingan yakuniy hujjatlarda aytiladi.
Chaqiriq Yevropa kengashining 6 martdagi maxsus sessiyasi yakunlari va Yevropa mudofaasining 2030 yilgacha bo‘lgan muddatga operativ tayyorgarligi to‘g‘risidagi Oq kitob (hukumat axborot hujjati)ga asoslangan.
«Kuchliroq va qobiliyatli Yevropa Ittifoqi global va transatlantik xavfsizlikka ijobiy hissa qo‘shadi va NATOni to‘ldiradi, bu esa Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning jamoaviy mudofaasi asosi bo‘lib qoladi», — deya ishonch bildirdi Bryussel.
Germaniya kansleri Olaf Shols sammit arafasida Germaniya «o‘z milliy va ittifoqdosh davlatlar mudofaa salohiyatini mustahkamlash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishi» kerakligini aytdi, deb yozadi AFP.
Tavsiya etamiz
Yana uchta muhim o‘yin. O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
Sport | 17:29 / 22.03.2025
“Haydovchilarning manfaati eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak” – tezlik “chegirmasi”ning oshirilishi e’tirozga sabab bo‘lmoqda
O‘zbekiston | 10:45 / 22.03.2025
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda humanoid robot sotuvga chiqariladi
Fan-texnika | 00:41
-
Alphabet Wiz startapini 32 mlrd dollarga sotib oladi
Fan-texnika | 00:00
-
Andijonda Matiz ikki nafar bolani urib yubordi
Jamiyat | 23:35 / 23.03.2025
-
Meksikada mayyalarning muqaddas ibodatxonasiga chiqqan turist kaltaklandi
Jahon | 23:11 / 23.03.2025
Mavzuga oid

00:33 / 23.03.2025
AQSh «Oltin gumbaz» raketaga qarshi mudofaa tizimini yaratadi

13:49 / 20.03.2025
Yevropa davlatlari Istanbul meri qo‘lga olinganini qoralab chiqdi

12:00 / 16.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi

22:14 / 13.03.2025