2024 yil dekabrida Janubiy Koreya parlamenti tomonidan impiçment e’lon qilingan Janubiy Koreya boş vaziri Xan Dok Su mamlakat Konstitutsiyaviy sudi qarori bilan öz lavozimiga tiklandi. Bu haqda 24 mart, duşanba kuni "Ryonxap" agentligi xabar berdi.
Şu tariqa Xan yana Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvçi bölib, mamlakatda harbiy holat joriy etişga urinişdan söng davlat rahbari lavozimidan çetlaştirilgan Yun Sok Yol örnini egalladi.
Janubiy Koreya prezidenti idorasi Konstitutsiyaviy sud qarorini olqişlab, u parlament öz vakolatlarini suiiste’mol qilganini isbotlaganini aytdi. Xan Dok Su prezidentlik lavozimiga qaytganidan söng savdo kabi dolzarb masalalarni hal qilişga va’da berdi, deb xabar qilgan Reuters.
Prezident va uning vorisiga impiçmentlar
2024 yil 3 dekabrda Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol muxolifatning «davlatga qarşi faoliyati»ni bahona qilib, kutilmaganda mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Biroq mamlakat parlamenti bu qarorni tasdiqlaşdan boş tortdi va ertasi kuni ertalab davlat rahbari uni bekor qilişga majbur böldi. 14 dekabr kuni xalq vakillari Yunga impiçment e’lon qilişdi.
Şundan söng, mamlakat Konstitutsiyasiga muvofiq, amaldagi hukumat rahbari Xan Dok Su prezident böldi. Biroq 27 dekabr kuni parlament unga ham impiçment e’lon qildi. Bunga Xanning mamlakat Konstitutsiyaviy sudiga yana uç sudyani tayinlaşdan boş tortgani sabab böldi, şunda u nihoyat Yunning lavozimidan çetlatilişini ma’qullay olardi.
Şundan söng mamlakat prezidenti vazifasini vaqtinça boş vazir örinbosari, moliya vaziri Çxve San Mok bajara boşladi.
Yun Sok Yol hibsdan ozod qilindi
Çetlatilgan prezidentga ğalayonga rahbarlik qilganlik va hokimiyatni suiiste’mol qilganlik ayblovi böyiça tergov boşlandi. U uç marta gumonlanuvçi sifatida söroqqa kelmaganidan söng, sud uni hibsga oliş uçun order berdi. 15 yanvar kuni Yun qöriqçilarning qarşilik körsatişga urinişlariga qaramay, öz qarorgohida hibsga olingan. Prezident hibsga olinganidan keyin Seulda tartibsizliklar boşlandi.
7 mart kuni Seul markaziy okrug sudi himoyaçining Yun Sok Yol haqidagi iltimosnomasini qanoatlantirdi va ilgari çiqarilgan hibsga oliş orderini bekor qildi. Bir kundan keyin 64 yoşli siyosatçi hibsdan ozod etildi. Biroq, u tergov ostida qolmoqda.


















