Portugaliyalik futbolçi Kriştianu Ronaldu milliy terma jamoa safida ketma-ket 22 yil gol urgan tarixdagi birinçi futbolçiga aylandi.
23 mart kuni Ronaldu Daniya terma jamoasiga qarşi Millatlar ligasining çorak final uçraşuvida gol urdi. Uçraşuv 5:2 hisobida Portugaliya foydasiga hal böldi. Bu portugaliyaliklarga turnirning yarim finaliga çiqiş imkonini berdi. Millatlar ligasi yarim finalida Fransiya, Germaniya va Ispaniya terma jamoalari ham töp suradi.
Ronaldu faoliyatidagi 929-golini, Portugaliya terma jamoasi safidagi 136-golini kiritdi.
2023 yilning yanvarida Ronaldu oilasi bilan Saudiya Arabistoniga köçib ötdi va «Al-Nasr» hujumçisiga aylandi. Mamlakatda erkak va ayolning nikohsiz bir uyda yaşaşi taqiqlanganiga qaramay, afsonaviy futbolçiga farzandlarining onasi Jorjina Rodriges bilan birga yaşaşga ruxsat berildi.
Futbolçining jamoa bilan amaldagi şartnomasi 2024-25 yilgi mavsum oxirigaça amal qiladi. Avvalroq OAV tomonlar mehnat şartnomasini uzaytirişga kelişib olgani haqida xabar bergan edi. Yangi şartnoma şartlariga köra, Ronaldu klubning 5 foizlik uluşiga ega böladi.












