«Tolibon»ning ham Amudaryodan suv olishga haqqi bor – suv xo‘jaligi vaziri
Shavkat Hamrayevning so‘zlariga ko‘ra, toliblar «Qo‘shtepa kanali masalasida sizlarni xafa qilmaymiz» deyishgan. Vazir kanal 2028 yilda bitishi mumkinligini aytdi.

Foto: Suv xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati
Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayev 18 mart kuni vazirlik huzuridagi jamoatchilik kengashi a’zolari va OAV vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazgan.
Gazeta.uz’ning vazirga tayanib xabar berishicha, «Tolibon»ning Amudaryodan suv olish uchun qurayotgan Qo‘shtepa kanali 2028 yilda bitishi kutilyapti.
«Bunday qilib aytganda, afg‘onlar ham qarindoshlarimiz. Ularning ham Amudaryodan [suv] olishga haqqi bor-da. [Tarmoqlarda] Qo‘shtepasini quryapti, u bo‘lyapti, bu bo‘lyapti, deb yozishyapti. Nima, qurol ko‘tarib, [ular bilan] urushishimiz kerakmi? Yo‘q, biz bordi-keldi qilyapmiz, qarindosh bo‘lyapmiz, yaxshiroq munosabat quryapmiz. Ularga ham asta-sekin tushuntiramiz, o‘zingizning haqqingizni oling [deymiz]. Keyin hujjatlar bo‘ladi, boshqa bo‘ladi, bordi-keldi bo‘lsa, hammasini gaplashamiz», — degan Hamrayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shnichilik munosabatlari yaxshi bo‘lishi va bu borada turli gap-so‘zlarga ahamiyat qaratmaslik kerak.
«Qator yillar „Tojikiston bir narsa quryapti, Qirg‘iziston bir narsa quryapti“, deyildi va ikkita xalq dushmanga aylantirildi. Quruq gaplarga uchmaslik kerak. Misol uchun, qo‘shning qizlaringga yomon qarayapti yoki mashinada o‘tayotganda tosh otyapti, desa ko‘nglingiz xira bo‘ladi (kuladi). Shu sababli har xil gaplarga uchmasdan, kechqurun iftorlikka bir tovoq palovni ko‘tarib chiqing, keyin u qo‘shningiz qanday yaxshi odamligini ko‘rasiz. U ham bor tovog‘im, kel tovog‘im qilib, sizga yaxshi niyat qiladi. Hozir ba’zilar qo‘shnisini ham tanimaydi, kim u, deydi. Eski udumlarimiz qayerda qoldi? Shu sababli qo‘shnilar bilan yaqin bo‘lishimiz kerak, munosabat yaxshi bo‘lishi zarur. Shuning uchun hurmatli prezidentimizga ta’zim qilaman. Chunki qo‘shnilar bilan o‘rtamizdagi muzlar eridi, munosabatlar yaxshilandi», — degan hukumat vakili.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36 / 17.05.2025
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23 / 17.05.2025
Mavzuga oid

15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin

17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi

17:47 / 12.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga beg‘araz yordam tariqasida 26 tonnadan ziyod urug‘ yetkazib berdi

17:30 / 12.05.2025