“Özatom” direktori Azim Ahmadxöjayev Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida nima uçun hozirgaça kiçik AES loyihasining yakuniy narxi e’lon qilinmayotgani haqidagi savolga ham javob berdi.

Ahmadxöjayevning ta’kidlaşiça, AES qurilişi Open Book konsepsiyasi asosida amalga oşirilmoqda, bu boş pudratçi tomonidan uskunalarni işlab çiqariş uçun sarflanadigan mablağlarni monitoring qiliş imkonini beradi.

Xitoy turbinalaridan foydalaniş hisobiga loyiha xarajatlarini kamaytirişga erişilişi mumkin. Bunda Yevropa kompaniyalari litsenziyasi asosida işlab çiqarilgan elektr jihozlari Xitoydan sotib olinadi, bu Yevropadan töğridan töğri sotib olişdan köra arzonroq böladi.

“Bugungi kunda biz erişgan qiymat arzonlaşuvi taxminan 300 mln dollarni taşkil etadi. Bu umumiy qiymatga nisbatan kiçik summa emas”, dedi “Özatom” rahbari.

Ahmadxöjayevning sözlariga köra, kiçik AES qiymati 2 mlrd dollardan kam böladi.

“Bu – biz intilayotgan maqsadli körsatkiç. Aniq raqam haqida gapirişni istamayman, çunki doimiy ravişda uning ustida işlayapmiz”, – dedi u.

Agentlik direktori loyihani moliyalaştiriş masalasiga alohida töxtalib, mablağlar asosan xorijdan jalb qilinişini aytib ötdi.

“Tizim qanday taşkil etilganini tuşuntiray. Bu xalqaro miqyosdagi loyiha bölgani sababli, aytaylik, ba’zi uskunalarni Xitoydan xarid qilamiz. Bunda Xitoydan imtiyozli şartlarda mablağ jalb qilamiz. Şuningdek, uşbu loyihaga qiziqiş bildirib, mablağ kiritişga tayyor, ammo stansiya egalari qatoriga kirmaydigan investitsiya kompaniyalari ham bor. Ular foyda oluvçilar hisoblanadi. Umuman olganda, sxema juda murakkab. Aslida davlat budjeti ham hisobga olingan, ammo juda oz miqdorda. Asosan çet el mablağlari jalb qilinadi. Turli manbalardan mablağ töplaymiz, ya’ni qandaydir pullar, kreditlar izlab topamiz”, – dedi Axmadxöjayev.

Uning qöşimça qilişiça, loyihada Rossiya kreditlaridan foydalaniş rejalaştirilmagan.

“Geosiyosiy jarayonlarni hisobga olgan holda Rossiya pullarini körib çiqmayapmiz. Şu sababli biz loyihani samarali amalga oşiriş va unga öz vaqtida sarmoya kiritiş imkonini beradigan moliyaviy guruh şakllantiryapmiz. U yerda haqiqatan ham juda murakkab moliyaviy sxema mavjud. Budjetdan kamroq foydalanişni va taşqi qarz hisobiga minimal yuklamani yaratişni xohlayapmiz. Davlat kafolatlaridan foydalaniş reja qilingan”, – dedi “Özatom” rahbari.