Qozoğistonning Kaspi fintex kompaniyasi Özbekistonning Uzcard va Humo tölov tizimlari kartalariga pul ötkazmalarini işga tuşirdi. Bu haqda Qozoğiston naşrlari ma’lum qildi.

Avval Qozoğistondan Özbekistonga faqat Visa yoki Mastercard kartalariga pul ötkaziş mumkin bölgan bölsa, endilikda Kaspi.kz superilovasi orqali Özbekistonning milliy tölov tizimlari Uzcard va Humo kartalariga ham ötkazmalar amalga oşiriş mumkin. Bunda faqat kartaning raqamini kiritiş kifoya, oluvçining ismi avtomatik tarzda aks etadi.

Kaspi.kz asosçisi va rahbari Mixail Lomtadze bu orqali Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi döstlik va hamkorlikni rivojlantirişga kompaniya öz hissasini qöşayotganidan mamnunligini bildirdi.

“Özbekiston va Qozoğiston aholisi örtasida azaldan döstona, qarindoşlik, işbilarmonlik va madaniy aloqalar mavjud. Odamlar bir-birinikiga mehmonga, iş yuzasidan safarga boradi, şuning uçun tölov va pul ötkazmalarini amalga oşiriş zarurati tez-tez yuzaga keladi”, – deydi u.

Kaspi haqida

Kaspi.kz – Qozoğistonda tölov tizimi, marketpleys va fintexni özida birlaştirgan ekotizim bölib, uning markazida mamlakatdagi eng maşhur mobil superilova – Kaspi.kz turadi. Bu ilovadan deyarli 15 million qozoğistonlik foydalanadi.

Kompaniya Özbekiston bozoriga ham qiziqiş bildirgan, 2024 yilning yozida Humo tölov tizimini xususiylaştiriş jarayonida qarnaşmoqçi bölgandi. Noyabrda kompaniya bu rejasidan voz keçganini ma’lum qildi.

Kaspi.kz 2024 yilda AQŞning NASDAQ fond birjasida IPO ötkazdi. Ayni paytda kompaniyaning kapitallaşuvi qariyb 24 milliard dollarni taşkil etadi.