Oktyabr oyida OpenAI kompaniyasi Windows uçun ChatGPT iş stoli ilovasini çiqardi, u dastlab faqat obunaçilar uçun mavjud edi. Endi uni foydalanuvçilar bepul yuklab olişi mumkin.
Bot Alt+Space tugmalar birikmasidan foydalanib işga tuşiriladi. Şuningdek, dasturçilar sönggi javobni tezda nusxalaş, yon panelni boşqariş, dialog oynasini öçiriş va boşqa köplab amallarni bajariş imkonini beruvçi tugmalar birikmasini ham qöşdi.
Ilova Internetga ulaniş, fayllarni yuklab oliş, rasm yaratiş va veb-versiyaning boşqa xususiyatlarini qöllab-quvvatlaydi. Iş stoli versiyasi hatto kengaytirilgan ovoz rejimiga ega. Ya’ni, çatbotga ovozli savol beriş orqali muloqot qiliş mumkin. Biroq, bu xususiyat bepul foydalanuvçilar uçun oyiga bir neça daqiqa bilan çeklangan.
ChatGPT ilovasi Windows 10 va Windows 11 uçun mavjud. Uni Microsoft Store onlayn dökonidan yuklab oliş mumkin.

















