Xaver Miley xolokostdan keyin Argentinadan boshpana topgan natsistlarga oid hujjatlarni maxfiylikdan chiqarishni buyurdi
Argentina prezidenti davlat organlari ixtiyoridagi barcha hujjatlarni e’lon qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Uning ta’kidlashicha, «ushbu ma’lumotlarni yashirishga asos yo‘q».

Foto: Marcelo Manera
Argentina prezidenti Xaver Miley Ikkinchi jahon urushidan keyin mamlakatdan boshpana topgan natsistlarga bog‘liq hujjatlarni maxfiylikdan chiqarishni buyurdi. Bu haqda hukumat raisi Gilermo Frankos ma’lum qildi.
Uning aytishicha, ushbu qaror fevral oyida Miley bilan uchrashgan AQShning Respublikachilar partiyasi senatori Stiv Deynsning iltimosiga javoban qabul qilingan.
Frankosning ma’lum qilishicha, Miley davlat organlari ixtiyoridagi barcha hujjatlarni e’lon qilish bo‘yicha ko‘rsatma bergan, chunki «ushbu ma’lumotlarni yashirishga asos yo‘q». Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirga qadar e’lon qilinmagan hujjatlar orasida natsistlarning moliyaviy operatsiyalariga oid ma’lumotlar ham mavjud.
Shu kunning o‘zida prezident matbuot kotibi Manuel Adorni 1976-1983 yillar oralig‘idagi so‘nggi harbiy diktatura davrida qurolli kuchlarning harakatlariga doir hujjatlar Milliy fayllar arxiviga topshirilishini e’lon qildi. Adorniga ko‘ra, Davlat razvedka kotibiyati (SIDE) o‘z ixtiyoridagi barcha hujjatlarni taqdim etadi. U shuningdek, hukumat so‘nggi harbiy diktaturaga oid arxivlarni «siyosiy manipulyatsiya uchun emas, balki xotirlash vositasi sifatida» foydalanish niyatida ekanini qo‘shimcha qildi.
Fevral oxirlarida Xaver Miley xolokostni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi Simon Vizental markaziga natsistlar Yevropadan qochishda foydalangan «kalamush so‘qmoqlari»ni moliyalashtirishga oid hujjatlardan to‘liq foydalanish imkonini berishni va’da qilgandi. Huquq himoyachilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushidan keyin 10 mingga yaqin natsist Argentina va boshqa davlatlarga qochib ketgan. Argentinadan boshpana topganlar orasida xolokost «arxitektori» Adolf Eyxman va Osvensim lagerining sobiq shifokori Yozef Mengele ham bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hikmatilla Ubaydullayev Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi ijrochi direktori v.b. etib tayinlandi
Jamiyat | 17:51
-
Shavkat Mirziyoyev Xonkendida Pokiston bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 17:51
-
Chexiyada blekaut yuz berdi
Jahon | 17:45
-
Rossiyada ozarboyjonlik kriminal avtoritet Vagif Bakinskiy ushlandi
Jahon | 17:41
Mavzuga oid

02:44 / 19.06.2025
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi

18:36 / 11.06.2025
Argentina sobiq prezidenti Kristina Kirshner 6 yillik qamoqqa hukm qilindi

18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi

14:57 / 19.05.2025