Buyuk Britaniyaning Nort-Yorkşir grafligida milodiy I asrga oid eng yirik xazina topilib, örganildi. Tahlillar uşbu topilma mamlakatning şakllaniş tarixiga yangiça nazar bilan qaraş imkonini berişini körsatdi, deb yozadi The Guardian.

Qayd etilişiça, xazina 2021 yilda Melsonbi qişloği yaqinidagi maydondan topilgan. Uni Piter Xeds ismli mahalliy fuqaro metall izlovçi qurilma yordamida aniqlagan. Erkak noodatiy narsaga duç kelganini anglab, Durham universiteti arxeologiya professori Tom Murga murojaat qilgan va tölaqonli qaziş işlarini taşkillaştirişda yordam bergan.

Arxeologlar yerdan milodiy I asrga tegişli 800 dan ortiq buyumlarni qazib olgan. Aynan şu davrda rimliklar imperator Klavdiy boşçiligida Britaniya orollariga hujum qilgan. Olimlarning aniqlaşiça, topilma Angliyaning şimolini nazorat qilgan kelt qabilasi – Brigantlar bilan boğliq.

Artefaktlar orasida ot-aravalarga tegişli buyumlar, 28 ta ğildirak töğini, kamida 14 ta ot uçun jabduqlar, tantanali marosimlarga möljallangan nayzalar va ikkita haşamatli bezatilgan qozon bor. Arxeologlarning fikriça, ulardan biri vino aralaştiriş uçun işlatilgan. Ba’zi bezaklar marjon va rangli şişadan tayyorlangan. Xazinaning qiymati 254 ming funt sterlingga baholangan.

Professor Murning ta’kidlaşiça, topilma Buyuk Britaniya tarixini anglaş imkonini beradi. Uning aytişiça, mintaqaning şimoliy qismi aslida qaşşoq bölmagan, aksinça, şimoliy qabilalar nisbatan badavlat yaşagan va juda yaxşi rivojlangan savdo aloqalarini örnatgan.

Eslatib ötamiz, 2024 yil noyabr oyida Avstriyada suv quvuri ustasi 30 kilogramm oğirlikdagi tilla tangalar yaşirilgan xazinani topib olgani, ularning qiymati 2 million funt sterlingga (2,5 mln dollar) baholangani töğrisida xabar berilgandi.