24-25 mart kunlari Toşkentda «Özatom» va «Rosatom» vakillari Özbekistonda kam va yirik quvvatli atom elektr stansiyalarini quriş istiqbollarini muhokama qildi. Bu haqda Özbekiston hukumati huzuridagi Atom energiyasi agentligi (Özatom) xabar berdi.

Uçraşuvda Rossiya tomonidan «Rosatom» yadro energetikasi davlat korporatsiyasi boş direktorining birinçi örinbosari, «Atomstroyeksport» AJ prezidenti Andrey Petrov, Özbekiston tomonidan esa «Özatom» AJ direktori Azim Ahmadxöjayev iştirok etdi.

Uçraşuvda, jumladan, yirik quvvatli atom elektr stansiyasini quriş istiqbollari, jumladan, joy tanlaş, texnik-iqtisodiy asoslaş, energetika infratuzilmasini barqaror rivojlantiriş uçun zarur bölgan strategik jihatlar muhokama qilindi.

Muhokamaning asosiy mavzusi Özbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasini (KQAES) qurişning asosiy masalalari böldi. Loyihaviy işlarni taşkil etiş, yadro yoqilğisini yetkazib beriş va ekspluatatsion kadrlar tayyorlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ta’kidlanişiça, KQAES loyihalaş bosqiçida, zarur muhandislik tadqiqotlari va ekspertizalari ötkazilmoqda. Tomonlar texnik talablar va jadvallarni kelişiş uçun muntazam ravişda uçraşmoqda. Bölajak atom elektr stansiyasi joylaşgan hudud stansiya xavfsizligi va işonçliligini ta’minlaş uçun atrof-muhit, jumladan, seysmik faollik monitoringi ötkazilmoqda. Loyihaga Osiyo va Yevropadan ilğor avtomatlaştirilgan va noyob texnologiyalarga ega xalqaro kompaniyalarni jalb etiş imkoniyatlari körib çiqilmoqda.

Özbekiston tabiiy uran qazib oliş va sotiş böyiça jahonda yetakçilardan biri sifatida kelajakdagi atom elektr stansiyalarini yoqilği bilan ta’minlaş böyiça ulkan salohiyatga ega ekani ta’kidlandi. Mahalliy xomaşyodan foydalaniş yadro yoqilğisi xarajatlarini optimallaştiriş imkonini beradi, bu esa AES elektr energiyasi tannarxini pasaytiradi va respublikaning energetik mustaqilligini mustahkamlaydi.

2024 yil 27 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning davlat taşrifi doirasida «Rosatom» kompaniyasi bilan kam quvvatli atom elektr stansiyasini loyihalaş, yetkazib beriş va quriş böyiça şartnoma imzolangan edi.

KQAES Jizzax viloyatining Foriş tumanidagi Tuzkon köli yaqinida qurilişi rejalaştirilgan. Bu yerda har biri 55 MVt quvvatga ega oltita reaktor örnatiladi, umumiy quvvati 330 MVt. Poydevorni quyiş işlari 2026 yil ikkinçi çoragida rejalaştirilgan. Birinçi reaktor 2029 yilda işga tuşirilişi kutilmoqda.