Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi Temur Kapadze JÇ-2026 saralaşidan örin olgan Eron (2:2) bilan öyindan söng öz fikrlarini bildirdi.
«Avvalo, Eron milliy jamoasini jahon çempionatiga çiqqani bilan tabriklayman va ularga mundialda ham omad tilayman. Öyinga kelsak, ikkala jamoada ham imkoniyatlar böldi. Ğalaba qozonişimiz ham mumkin edi. Umuman olganda, durang adolatli natija böldi deb öylayman.
Yigitlarga, muxlislarga va xalqimizga rahmat. Keyingi öyinlarga yanada yaxşi tayyorlanib, ğalaba qozonişga harakat qilamiz. Inşaaloh, biz ham jahon çempionatiga çiqamiz.
Raqibni örgangandik. Ğalaba uçun öynadik va bunga yaqin keldik ham. 3 nafar yetakçi futbolçimiz yöqligi biroz ta’sirini körsatdi. Ehtimol, ular bilan yanada kuçli bölardik. Lekin bu — milliy jamoa. Qolgan öyinçilar ham yetakçilarning örnini bildirmaslikka urinişdi.
Ha, 2018 yil ham boş murabbiy sifatida Özbekiston milliy jamoasini Eronga (0:1) qarşi örtoqlik bahsida boşqarganman. Unda ham forslar kuçli edi va Keyruş bilan jahon çempionatiga çiqib bölgandi. Biz asosan yoşlar bilan kelgandik. Öşandagi ayrim futbolçilar hamon har ikki jamoada bor. Biz ham ösib boryapmiz. Davlat tomonidan futbolga katta e’tibor berilmoqda. Yanada kuçayib boramiz. Çunki jamoaga köplab yoş iqtidorlar kelmoqda», — deydi Kapadze matbuot anjumanida.












