Tramp Rossiya sulhga erishishni cho‘zayotgani haqida gapirdi
U tomonlar har hafta o‘rtacha jami 2500 nafar askar yo‘qotayotgani aytgan va Rossiya ham Ukraina kabi urush tugashini xohlashiga umid bildirgan.

Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvni imzolashni ataylab kechiktirayotganini istisno qilmadi.
«Bilmadim. <…> Menimcha, Rossiya [bu urushga] chek qo‘ymoqchi, ammo, u vaqt cho‘zayotgan bo‘lishi mumkin. Bilasizmi, men ham ko‘p yillar davomida shunday qilib kelganman: „Men kelishuv imzolashni xohlayman, men o‘yinda qolishni istayman, ammo, men buni xohlamayotgan bo‘lishim ham mumkin“.
Ishonchim komil emas. Ammo baribir o‘ylaymanki, Rossiya buning tugashini xohlaydi va yana o‘ylaymanki, [Ukraina prezidenti Volodimir] Zelenskiy buning barchasi yakunlanishini xohlaydi», — degan Tramp Newsmax uchun intervyuda.
U tomonlar har hafta o‘rtacha jami 2500 nafar askar yo‘qotayotganini qo‘shimcha qilgan.
«Ular amerikaliklar emas, ammo men bunga shu nuqtayi nazardan qaramayman. Men frontdan kelayotgan fotosuratlarni ko‘ryapman, ularni ko‘rmaganim yaxshi edi. Qo‘llar, oyoqlar va boshlar har yerda sochilib yotibdi. <…> Men shunchaki bu to‘xtashini istayman», — deya qo‘shimcha qilgan AQSh prezidenti.
AQSh 11 mart kuni Saudiya Arabistonida Ukraina bilan muzokaralar chog‘ida butun front chizig‘ida 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qilgandi. Kiyev bu taklifni qo‘llab-quvvatladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin harbiy harakatlarni to‘xtatish taklifiga rozi ekani, biroq bu «uzoq muddatli tinchlik»ka olib kelishi kerakligini aytdi. Putinning Tramp bilan muzokaralari yakunida faqat energetika obektlariga zarba berishni to‘xtatishga qaror qilingani ma’lum bo‘ldi.
Kreml va Rossiya mudofaa vazirligi energetika obektlariga zarba berishga vaqtinchalik moratoriy Rossiya va AQSh prezidentlari kelishib olgan 18 martdan beri amal qilayotganini ta’kidlamoqda. Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy energetika obektlariga zarba berishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvga 25 martdan amal qila boshlashganini aytdi. So‘nggi kunlarda Rossiya mudofaa vazirligi muntazam ravishda Ukrainani energetika obektlariga zarba berishda ayblamoqda.
23-25 mart kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda AQShning Rossiya va Ukraina delegatsiyalari bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. AQSh vakillari Ukraina delegatsiyasi bilan alohida, Rossiyaniki bilan alohida muzokaralar o‘tkazgan. Ularning yakunlariga ko‘ra Vashington Kiyev va Moskva bilan
Qora dengizda xavfsiz kema qatnovini ta’minlash, kuch ishlatmaslik va tijorat kemalaridan harbiy maqsadlarda foydalanmaslik bo‘yicha kelishib olgan.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tailandga ishlash uchun borib, og‘ir kasallikka chalingan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
O‘zbekiston | 15:12
-
Reuters: JSST moliyaviy muammolar sabab xodimlari sonini qisqartiradi
Jahon | 14:54
-
Ukraina Rossiyaning yangi yurishiga tayyorlanmoqda
Jahon | 14:44
-
HAMASga qarshi qo‘zg‘algan g‘azoliklar, rad etilgan «Ukrainani talash» rejasi
Jahon | 13:46
Mavzuga oid

14:54
Reuters: JSST moliyaviy muammolar sabab xodimlari sonini qisqartiradi

23:56 / 29.03.2025
Tramp firibgarlik uchun qamalgan Nikola Motor asoschisini afv qildi

22:55 / 29.03.2025
Pentagon 75 mingdan ortiq xodimni ishdan bo‘shatishga tayyorlanmoqda

22:16 / 29.03.2025