Oxirgi yillarda Özbekistonda gaz taqçilligi ortib boryapti. Xususan, 2024 yilda Rossiya va Turkmanistondan 1,7 mlrd dollarlik gaz sotib olindi. Bu – 2023 yilga nisbatan 2,4 barobarga, 2022 yilga nisbatan 6 barobarga köp.
“Özatom” rahbari Azim Ahmadxöjayevga köra, gaz qazib olişning qisqarişiga eski konlarning tugab borayotgani va yangi konlarni özlaştiriş keçikayotgani bevosita ta’sir körsatyapti. Şuningdek, oxirgi yillarda sanoat keskin ösgan, bu esa energiya manbalariga bölgan talabning oşişiga olib kelyapti.
“Işlayotgan konlar va zaxiralar tugab boryapti. Yangi konlarni örganiş va zaxiralarini aniqlaş katta mablağ talab qiladi. Ayni paytda bu işlab çiqilyapti va amalga oşirilmoqda”, dedi u Alter Ego loyihasidagi intervyusida.
Agentlik rahbarining aytişiça, kelajakda atom energetikasining rivojlanişi vaziyatga ijobiy ta’sir körsatadi.
“Atom elektr energetikasini faol rivojlantirişni boşlasak, gaz hisobiga elektr energiyasi işlab çiqarişni kamaytiramiz. Şunda gaz qöşimça qiymatli mahsulotlar işlab çiqarişga yönaltiriladi”, – deya ta’kidladi u.
Ahmadxöjayev sobiq energetika vaziri Alişer Sultonovning 4 yil oldin aytgan “Gazimiz uçta Özbekistonni boqişga ham yetadi” degan fikriga ham munosabat bildirdi.
“U haq. Bilasizmi, qaysi nuqtayi nazardan gapirilganini? Boşida men ham nega bunday deyilganini tuşunmadim. Keyinçalik bildimki, bu iste’mol madaniyati haqida aytilgan. Odamlar gaz ötkazişni talab qilgan bir hududda böldim. Bir neça qişloqni gaz bilan ta’minladik. Men energetika vazirining birinçi örinbosar etib tayinlangandim, mazkur loyiha qanday amalga oşirilgani, aholi undan qançalik rozi ekanini köriş uçun bordim. Tasodifan qişloqda tört xonali, hisoblagiçi bor uyga kirdim. Katta xonada uç bolali ayol ötiribdi, peçkada katta bosim ostida gaz yonmoqda, fortoçka oçiq. Qolgan xonalar sovuq. Bu qişda sodir bölmoqda. Bu miqdordagi gazdan unumli foydalanilganida butun xonadonni isitiş mumkin bölardi. Öşa vaqtda gaz va elektr energiyasi juda arzon edi. Uy egasiga mini-isitiş tizimidan foydalanişni taklif qilganimda, u: “Buning menga nima keragi bor, hozirgiday tölab ketaveraman-da”, deb javob berdi. Bu holat men uçun hayratlanarli edi”, – dedi “Özatom” rahbari.
U Alişer Sultonovning aytgan gaplari iste’mol madaniyati bilan boğliq bölganiga urğu berdi.
“Agar odamlar odatlanib qolgan iste’mol madaniyati bölmaganida, gaz uçta Özbekistonga yetgan bölardi”, ta’kidladi Azim Ahmadxöjayev.

















