The Atlantic jurnalining boş muharriri Jyeffri Goldberg AQŞning Yamandagi harbiy zarbalari haqidagi sizdirilgan ma’lumotlar bilan boğliq janjalni tarqatmoqçi böldi, çunki u AQŞ prezidenti Donald Trampni yomon köradi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt X'da yozgan. 

«The Atlantic tan oldi: bular harbiy rejalar emas edi. Butun voqea Trampning taniqli nafratçisi tomonidan yozilgan navbatdagi yolğon edi», dedi u.

24 mart kuni Goldberg 11 mart kuni «Mayk Uolts» nikli foydalanuvçidan Signal messenjeriga ulaniş sörovi olgani haqida maqola e’lon qildi. Ikki kundan keyin jurnalist AQŞ ma’muriyati a’zolari Yamanga zarba berişni muhokama qilayotgan guruh suhbatiga qöşilgani haqida xabar oldi. Jurnalistning sözlariga köra, 15 mart kuni «Pit Xegset» (Pentagon rahbarining ismi) nikli foydalanuvçi Yamandagi «Ansor Alloh» isyonçi harakatining husiyçilariga bölajak zarbalar tafsilotlari, jumladan nişonlar, qurollar va zarbalar boşlanişining kutilayotgan vaqtini öz içiga olgan xabarni joylaştirgan, ular, Goldbergning sözlariga köra, ijtimoiy tarmoqlarda birinçi bölib çop etilgan portlaşlar haqidagi xabarlarga töğri kelgan.

Şu munosabat bilan AQŞ prezidenti Donald Tramp mazkur guruh maxfiy ma’lumotlarni e’lon qilmaganini ma’lum qildi. U ma’lumotlar sizib çiqişi mojarosiga qaramay, milliy xavfsizlik jamoasining barça a’zolariga, şu jumladan Uoltsga işonçini saqlab qolişini ta’kidladi. Uolts, öz navbatida, Goldberg nima uçun yopiq guruhga kiritilganini bilmasligini aytdi.